Prevyu. "Mashal" - "SHo'rtan"
14 may 2016 09:20
Yangiliklar
Prevyu. "Mashal" - "SHo'rtan"
Mashal (Muborak) – SHo'rtan (G'uzor)
14 may 2016. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 18:00
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), A. Qo'ldoshev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent)
“Mashal” va “SHo'rtan” oliy ligada jami 18 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Mashal”ning katta ustunligini ko'rsatmoqda. Muborakliklar 10ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 1ta o'yinda durang qayd etilgan. 7 uchrashuvda esa “SHo'rtan” zafar quchgan. To'plar nisbatida ham “Mashal” oldinda - 31:17. O'zaro o'yinlarda “Mashal” 31 ochkoni, “SHo'rtan” esa 22 ochkoni qo'lga kiritgan.
“SHo'rtan”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 3:1 ga teng. “Mashal”da bu ko'rsatkich 5:0 bo'lib turibdi.
O'tgan mavsum Muborakdagi uchrashuvda hisobni mezbonlar yarim himoyachisi Zafar To'raev ochgandi. G'uzorliklar safida Mirzakamol Kamolov va Igor Taran gol urib “SHo'rtan”ga g'alaba keltirgandi – 2:1. G'uzorda esa Zafar Polvonovning urgan goli o'yin taqdirini hal qilgandi – 1:0.
Muborakda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
06.06.2015 Mashal – SHo'rtan 1:2
09.08.2012 Mashal – SHo'rtan 1:3
01.11.2011 Mashal – SHo'rtan 2:1
11.09.2010 Mashal – SHo'rtan 1:0
08.05.2009 Mashal – SHo'rtan 1:2
O'zaro o'yinlar haqida fakt : Bu jamoalar o'rtasidagi Muborakda bo'lib o'tgan 9ta o'yindan 6tasida Mashal g'alaba qozongan. SHo'rtan uch marta g'alaba qozongan (2009, 2012 va 2015 yil). Oxirgi ikki o'yinda Mashal o'z uyida ikki bor mag'lub bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar