So’nggi yangiliklar

18:32Расман: Николич ЦСКА бош мураббийлигидан кетди  0 18:20"Манчестер Сити" дарвозабони клубни тарк этди  0 17:53"Атлетико" Қозоғистондаги академия қароргоҳи лойиҳасини тақдим этди  2 17:35"Қизилқум"ни энди ким бошқаради?  4 17:31Қайғули хабар: "Брешиа" клуби банкрот деб эълон қилинди  2 17:15Расман: "Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  12 17:05"Сўғдиёна" ҳужумчиси: "Халқаро майдонда Россия клублари етишмаяпти"  11 16:55Факт: Қатар ЖЧ-2026 саралашида меҳмонда ҳали ғалаба қозонмади. Сафардаги сукунат давом этадими?  8 16:30Расман: Мирзад Механович "Андижон"ни тарк этди  3 16:05Роналду "Ал Насср"да қолишини тасдиқлади  5 15:20Қосимов, Аҳмедов, Зейтуллаев, Тожиев - Қатар билан ўзаро ўйинлар тўпурарлари   12 15:00Аҳмад Ал-Жани: "Мундиалга бир қадам қолди"  10 14:50Сречко Катанец Қатар билан ўйинни "Бунёдкор" стадионида томоша қилади  32 14:25Криштиану Роналду: "Ямални тинч қўйиш керак"  10 14:15Расман: Элгужа Лобжанидзе "Қизилқум"ни тарк этди  2

Prevyu. "Manchester Siti" - "Dinamo" Yangiliklar

Prevyu. "Manchester Siti" - "Dinamo"

Bugun tunda "Manchester Siti" va Kievning "Dinamo" klubi o'rtasida Evropa chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'yin haqida 5 ta fakt:

  • Manuel Pellegrinining takidlashicha, Yaya Ture "Dinamo"ga qarshi bahsga tayyor
  • "Manchester Siti" o'z tarixida ikl marotaba turnir chorak finaliga chiqishi mumkin
  • "Dinamo" 14-marotaba Angliya jamoasini evrokubok uchrashuvida mag'lub etishga urinib ko'radi
  • Serxio Aguero, David Silva va Yaya Turelarning gollari birinchi uchrashuvda 3:1 hisobidagi g'alaba keltirgan
  • Joriy mavsumda evrokubok uchrashuvlarini o'tkazib yubormagan Sergey Ribalka bugungi bahsda maydonga tushmaydi

Taxminiy tarkiblar:

"Manchester Siti":  Xart; Sanya, Kompani, Otamendi, Klishi; Fernandino, Ture; Navas, Silva, Sterling; Aguero.

O'ynamaydi: Delf (jarohat), De Bryuyne (jarohat), Tasende (diskvalifikaciya)

"Dinamo": SHovkovskiy; Vida, Xacheridi, Dragovich, Antunesh; Velozu, Buyalskiy, Garmash, Yarmolenko, Gusev; Teodorchik.

O'ynamaydi: Ribka (jarohat), Ribalka (jarohat), Morozyuk (jarohat), Moraes (jarohat), Petrovich, Burda, Myakushko (murabbiy qarori).

So'roq ostida: Danilo Silva (jarohat)

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini:

"Fikrimcha, "Manchester Siti" CHempionlar ligasida o'sib boryapti. Men kelishimdan oldin jamoa guruhdan chiqa olmayotgan edi, kamina bilan bu vazifa ikki marotaba bajarildi. Joriy mavsumda biz yanada kuchaydik, chunki guruhda birinchi o'rinni egalladik va chorak finalga chiqishga yaqin turibmiz.

Bu vazifa hozircha uddalangani yo'q. Bizga qarshi jiddiy raqib maydonga tushadi va ular bunday o'yinlarni juda ko'p o'tkazishgan.  SHu sababli, asosiy maqsadimiz - chorak finalga chiqish.

Kievning "Dinamo" bosh murabbiyi Sergey Rebrov:

Asabiylashmaslikka harakat qilamiz. Agar xotirjam o'ynasak golli imkoniyatlar bo'ladi. Birinchi uchrashuv natijasidan qatiy nazar kerakli hisob uchun kurashamiz.

Ter to'kib mehnat qilish kerak. Ammo eng asosiysi bir jamoa bo'lish lozim. Bizda kuchli futbolchilarimiz etarlicha, lekin bir butun bo'lib o'ynash kerak.


So'nggi uchrashuvlar: 

"Norvich" - "Manchester Siti" 0:0

"Karpati" - "Dinamo" 1:2 (CHachua 27 - Teodorchik 55, Yarmolenko 64)

So'nggi natijalar (barcha turnirlar)

"Manchester Siti": DG'MDG'M

"Dinamo": G'G'DMG'G'

Bilamizmi?

"Dinamo" ingliz klublariga qarshi mehmonda o'tgan 13 uchrashuvning birortasida g'alaba qozonmagan (G'0 D2 M11).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика