Prevyu. "Lokomotiv" - "Buxoro"
11 iyu 2016 09:15
Yangiliklar
Lokomotiv (Toshkent) – Buxoro (Buxoro)
11 iyun 2016. Toshkent. TTYMI stadioni. 19:00
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), R. Nugmanov (Toshkent), R. Kopadze (Farg'ona)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
UzPFL vakili: F. Magametov.
“Lokomotiv” hamda “Buxoro” klublari oliy ligada shu kungacha 20 bor kuch sinashishgan. Natijalar Toshkent klubining ustunligini ko'rastmoqda. 10ta o'yinda “Lokomotiv”, 5ta o'yinda “Buxoro” g'alaba qozongan. 5ta o'yinda durang natija qayd etilgan. “Temiryo'lchilar” o'zaro o'yinlarda 36 bor raqib darvozasiga yo'l topa olishgan. “Buxoro” esa 25 bor gol kirita olgan. “Loko” o'zaro o'yinlarda 35 ochkoni qo'lga kiritgan, “Buxoro” hisobida 20 ochko bor. “Loko”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 5:1. Buxoroliklarning eng yirik g'alabasi esa 3:1.
O'tgan yil birinchi davrada Buxoroda o'tgan o'yinda mezbonlar safida Jamoliddin Ubaydullaev va Suxrob Nematov gol urishgan, "Loko" tarkibida esa Oleg Zoteev, Lutfulla To'raev va katta Jasur Hasanov to'p kiritgan - 2:3. Ikkinchi davrada Toshkentdagi uchrashuv Marat Bikmaevning benefisiga aylangandi. Uning ikkita goli jamoasiga g'alaba keltirgan – 2:0.
Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
20.10.2015 Lokomotiv - Buxoro 2:0
23.06.2014 Lokomotiv - Buxoro 2:0
04.03.2013 Lokomotiv - Buxoro 5:1
04.09.2012 Lokomotiv - Buxoro 2:1
24.06.2009 Lokomotiv - Buxoro 1:3
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” bu raqibni o'z uyida 7 marta mag'lub etgan. “Buxoro” safarda 3 bor g'alaba qozongan. Buxoroliklar so'nggi bor Toshkentda 2009 yil g'alaba qozonishgan.
Fikrlar