So’nggi yangiliklar

07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  1 07:24Дахшат. “Аякс“ чемпионликни ПСВга “совға“ қилмоқда  1 02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  3 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  41 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  2 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  14 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28

PREVYU. "Lokomotiv" - "Al Hilol" Yangiliklar

PREVYU. "Lokomotiv" - "Al Hilol"

Teglar :  LokomotivAl Hilol
Bugungi "Lokomotiv" - "Al Hilol" o'rtasidagi o'yindan oldin qiziqarli malumotlar bilan tanishing.

"Lokomotiv" - "Al Hilol"
Osiyo chempionlar ligasi. 1/8 final. Javob uchrashuvi
24 may. "Bunyodkor" stadioni. 18:00

Uchrashuv rasmiylari
Bosh hakam:
Benjamin Uilyams (Avstraliya)
Qanot hakamlari: Mettyu Krim (Avstraliya), Pol Setrangolo (Avstraliya)
Zaxira hakami: Sivakorn Pu-Udom (Tailand)
Nazoratchi: Kvon Jong CHul (J.Koreya)
Komissar: Subramanian Manikam (Malayziya)
OFK Musobaqalar menejeri: Pavel Luzanov (Qirg'iziston)

O'z tarixida birinchi bor Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichidan chiqib, 1/8 finalga yo'l olgan "Lokomotiv" Toshkentda "Al Hilol" klubiga qarshi bahs olib boradi. Xabaringiz bor, 17 may kuni Saudiya Arabistonida bo'lib birinchi uchrashuvda tomonlar 0:0 hisobida durang o'ynashgan.

Javob bellashuvida esa "Lokomotiv"ni faqat va faqat g'alaba qoniqtiradi. Zero, keyingi bosqichga yo'l olish jamoamiz uchun nihoyatda muhim. Endi bu jamoa bilan o'zaro o'yinlarga to'xtaladigan bo'lsak, "Lokomotiv" shu paytgacha "Al Hilol"ga qarshi uch marta bahs olib borgan. Bugun esa to'rtinchi bellashuv bo'lib o'tadi.

Avvalgi uch uchrashuvning ikkitasida "Al Hilol" g'alaba qozongan: Ar Riyodda 3:1, Toshkentda 2:1. Har ikkala o'yin ham o'tgan yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida ro'y bergan. Bir hafta oldin o'tkazilgan bahsda esa 0:0 hisobi qayd etildi.

"Al Hilol" shu paytgacha Toshkentda besh marta o'ynab, birortasida mag'lub bo'lmagan. Jamoa faqat 2006 yil Qarshida kechgan "Mashal" bilan bahsda 1:2 hisobida yutqazib qo'ygan. Keyingi bellashuvlarda "Al Hilol" uch marta g'alaba qozonib, ikki marta durang o'ynagan.

"Al Hilol"ning O'zbekistondagi o'yinlari:

2006 yil. "Mashal" - "Al Hilol" 2:1
2007 yil. "Paxtakor" - "Al Hilol" 0:2
2009 yil. "Paxtakor" - "Al Hilol" 1:1
2014 yil. "Bunyodkor" - "Al Hilol" 0:1  
2015 yil. "Lokomotiv" - "Al Hilol" 1:2
2016 yil. "Paxtakor" - "Al Hilol" 2:2

STATISTIK MA'LUMOTLAR

- O'z tarixida to'rtinchi bor OCHLda ishtirok etayotgan "Lokomotiv" birinchi marta musobaqaning 1/8 final bosqichiga chiqdi. Bu yil guruhdan chiqqan yagona o'zbek klubi ham aynan "Lokomotiv" bo'ldi.

- "Lokomotiv" Eronning "Zobaxan" klubi singari guruh o'yinlarini mag'lubiyatsiz o'tkazdi, jamoa ikkita o'yinda g'alaba qozonib, to'rt marta durang o'ynadi. "Loko" shuningdek, 1/8 finalning birinchi o'yinida ham durangga erishdi.

- "Al Hilol"ga qarshi o'yinlarda Ar Riyodda Sardor Mirzaev, Toshkentda esa Temurxo'ja Abduxoliqov gol muallifi bo'lishgan. Ularning ikkalasi ham hozirda jamoa bilan birga.

- Temurxo'ja Abduxoliqov uchta goli bilan "Loko"ning OCHLdagi eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

- Osiyo chempionlar ligasi yangi formatga o'tganidan beri (2009 yildan) "Al Hilol" musobaqaning barcha 1/8 final bosqichlarida ishtirok etib kelayotgan yagona klub hisoblanadi. Bu jamoa 2010, 2012, 2014, 2015 yilgi mavsumlarda mazkur bosqichdan o'ta olgan, biroq 2009, 2011, 2013 yilgi mavsumlarda o'z yurishini to'xtatgan.

- "Al Hilol" tarkibida braziliyalik Aylton uchta gol bilan jamoasining OCHLdagi eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

- O'tgan yil "Loko" bilan kechgan o'yinlarda gol urgan beshta futbolchidan to'rt nafari hozir ham "Al Hilol" safida. Bular - Saud Kariri, Yusuf Al Salem, Navaf Al Obid va Abdulla Al Zori. Birgina braziyaliklik Tyago Neves jamoani tark etib, BAAning "Al Jazira" klubi safiga borib qo'shilgan.

- "Al Hilol" joriy mavsum Saudiya chempionatini ikkinchi o'rinda tugatdi. Ular oxirgi bellashuvda "Al Faysali" bilan 0:0 hisobida durang o'ynashdi. "Al Hilol" musobaqa jadvalida chempion "Al Ahli"dan sakkiz ochko ortda qoldi.


BENJAMIN UILYAMS HAQIDA

Avstraliyalik hakam Benjamin Uilyamsni muxlislarimiz juda yaxshi bilishadi. U o'zining qattiqqo'lligi hamda haddan tashaqari qoida tarafkashligi bilan ajralib turadi.

Bu hakam hozircha "Lokomotiv" ishtirokidagi bellashuvlarda ikki bor ishlagan. O'tgan yil bo'lib o'tgan "Al Sadd" - "Lokomotiv" hamda shu yil o'tkazilgan "Lokomotiv" - "Al Ittihod" uchrashuvlarini aynan Benjamin boshqargan.

Ushbu hakam O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari ishtirokidagi o'yinlarni 6 marta boshqargan.

2007 yil. Olimpiada-2008 saralashi doirasidagi Janubiy Koreyaga qarshi bahsda vakillarimiz 1:2 hisobida mag'lub bo'lishgan. O'sha bahsda Uilyams ikki nafar futbolchimizga qizil kartochka ko'rsatgan.

2008 yil. 19 yoshli futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak finalida Ahmad Ubaydullaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoy bilan to'qnash kelgan. Avstraliyalik hakam bu safar Doniyor Usmonovni chetlatgan, jamoamiz esa penaltilar seriyasida g'alabaga erishgan.

2010 yil. Osiyo o'yinlari 1/8 finalida O'zbekiston Qatarni 1:0 hisobida mag'lub etgan. Bu safar Uilyamsning qadami biz uchun qutlug' kelgan.

JCH-2014 saralash bosqichida Janubiy Koreya bilan Toshkentda 2:2 hisobi qayd etilgan. Pley-off doirasida Iordaniyaga qarshi javob o'yinida 1:1 hisobi ro'y bergan va penaltilar seriyasida yutqazib qo'yganmiz. Bu o'yinlarni ham avstraliyalik hakam boshqargan.  

2015 yil. Yanvarda Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan o'yinda termamiz 3:1 hisobida zafar quchgan.

Bundan tashqari, bu hakam "Paxtakor" klubi ishtirokidagi bitta o'yinni boshqargan. 2009 yilgi OCHL chorak finalida "Paxtakor" Toshkentda "Al Ittihod" bilan durang o'ynagan - 1:1.

Benjamin Uilyams "Bunyodkor"ning 6ta o'yinida faoliyat yuritgan. SHulardan birida "Bunyodkor" "Al Ittihod"ni 3:0 hisobida engan.


OCHL. 1/8 final. Javob uchrashuvlari

24 may. "CHonbuk Xyunday" - "Melburn Viktori"
24 may. "SHanxay" - "FK Tokio"
24 may. "Traktorsozi" - "Al Nasr"
24 may. "Lokomotiv" - "Al Hilol"

25 may. "Al Jayish" - "Lahviya"
25 may. "FK Seul" - "Urava Reds"
25 may. "Sidney FK" - "SHandong Luneng"  
25 may. "Zobaxan" - "Al Ayn"

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика