Prevyu. "Dinamo" - "Navbahor"
21 iyu 2014 08:35
Yangiliklar
Prevyu. "Dinamo" - "Navbahor"
Oliy liganing 13-turini ochib beruvchi o'yin Samarqandda "Dinamo" va "Navbahor" o'rtasida kechadi.
Dinamo (Samarqand) – Navbahor (Namangan)
21 iyun. Samarqand. “Dinamo” stadioni. 18:00
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), B. Norsafarov (Qarshi), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
“Dinamo” va “Navbahor” oliy ligada 40 bora to'qnash kelishgan. Natijalar vodiy klubi ustunligini ko'rsatmoqda. “Lochinlar” 22ta o'yinda g'olib bo'lishgan, 7ta o'yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” esa ushbu raqibni hozirga qadar 11 marta mag'lub etgan. To'plar nisbatida ham ustunlik “Navbahor” tomonida - 75:34. O'zaro o'yinlarda “Navbahor” 73, “Dinamo” esa 40 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Navbahor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 7:1ga teng. “Dinamo”da bu ko'rsatkich ancha kichik – 2:0.
O'tgan mavsumda bo'lib o'tgan ikkala o'yinda ham durang qayd etilgan. Samarqanddagi bahsda mehmonlar vakili G'ayrat Jo'raev hisobni ochgandi, bunga Sirojiddin Sayfiev javob bergandi - 1:1. Ikkinchi o'yinda Leonid Koshelev mezbonlarni oldinga olib chiqqach, Azamat Bobojonov muvozanatni tiklagandi – 1:1.
Samarqandda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
31.05.2013 Dinamo - Navbahor 1:1
14.09.2012 Dinamo - Navbahor 2:0
02.04.2011 Dinamo - Navbahor 0:1
22.05.2010 Dinamo - Navbahor 1:0
09.09.2009 Dinamo - Navbahor 2:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Samarqandda kechgan o'yinlarning 11tasida maydon egalari g'alaba qozonishgan. 7ta uchrashuvda “lochinlar” safardan uch ochko bilan qaytishgan. Faqatgina 2 marta bu jamoalar Samarqandda murosaga kelishgan. Oxirgi 8 yilda “Navbahor” Samarqandda bir martadan g'alaba qozongan va durang o'ynagan, qolgan 7 o'yinda taslim bo'lgan.

Fikrlar