So’nggi yangiliklar

13:59Саудия Арабистони клуби Осимхен билан музокаралар олиб бормоқда  0 13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  7 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  5 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  1 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  6 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  3 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  3 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  19 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0 08:40“Челси“ ва “Ливерпуль“ 18 ёшли футболчи учун курашмоқда  0 08:13Онана ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  3

Prevyu. "Buxoro" - "Nasaf" Yangiliklar

Prevyu. "Buxoro" - "Nasaf"

Teglar :  BuxoroNasaf
Oliy liganing 6-turida "Buxoro" o'z maydonida "Nasaf"ni qabul qiladi.

Buxoro (Buxoro) – Nasaf (Qarshi)
24 aprel 2016. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 18:00
Hakamlar
: V. Ceytlin (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Frolov.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 36 bor kesishgan. Ustunlik “Nasaf” tomonida. 36 o'yindan 18tasida qarshiliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 9 uchrashuvda “Buxoro” g'olib bo'lgan. 9ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “ajdarlar” foydasiga. Qarshiliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 62ta to'p kiritib o'z darvozasidan 37 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'ynlarda “Nasaf” 63 ochkoni, “Buxoro” esa 36 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Nasaf” oliy ligada “Buxoro” ustidan 6:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi “ajdarlar”ning eng yirik g'alabasidir. “Buxoro”ning o'zaro o'yinlardagi “Nasaf” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 5:1 bo'lib turibdi.

O'tgan yil Buxoroda Ilhom SHomurodov va Artur Gevorkyanning gollari “ajdarlar”ga g'alaba keltirgandi – 2:0. Qarshida esa hisob ochilmagandi – 0:0.

Buxoro o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
12.04.2015 Buxoro - Nasaf 0:2
15.08.2014 Buxoro - Nasaf 0:2
29.10.2013 Buxoro - Nasaf 1:5
26.06.2012 Buxoro - Nasaf 1:0
22.04.2011 Buxoro - Nasaf 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Buxoro” o'z uyida 9 bor “Nasaf”ni taslim qilgan. To'rtta uchrashuv durang bilan tugagan. “Ajdarlar” besh marta Buxorodan uch ochko bilan qaytgan. Oxirgi uch bahsda “Nasaf” safardan uch ochko bilan qaytgan.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика