

Buxoro (Buxoro) – Metallurg (Bekobod)
7 may 2016. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 19:00
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), S. Hakimov (Samarqand), R. Abduvohidov (Qarshi).
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
“Buxoro” hamda “Metallurg” klublari oliy ligada shu kungacha 34 bor kuch sinashishgan. “Metallurg” 17ta o'yinda g'alaba qozongan. 14ta uchrashuvda “Buxoro”ning qo'li baland kelgan. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda 3 marta durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Metallurg”da: 49:48. “Metallurg” o'zaro o'yinlarda 54 ochkoga ega bo'lgan, “Buxoro” esa 45 ochkoni qo'lga kiritgan. “Metallurg”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 3:0ga teng bo'lsa, “Buxoro”ning bekobodliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 4:0.
O'tgan mavsumda ikkala jamoa safardagi o'yinda g'alaba qozongan. Buxorodagi uchrashuvda mehmonlar Saidjon Abdujabborov, Ayubxon No'monrv va Shahzodbek Nurmatovning gollari evaziga g'alaba qozonishgandi – 3:0. Bekobodda hisobni mehmonlar vakili Ruslan Melziddinov ochgandi. Bunga Murod Toshmatov javob bergandi. Uchrashuv oxirida Maksimilian Fomin tomonidan urilgan gol “Buxoro”ga 3 ochko taqdim etgan – 2:1.
Buxoroda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
18.06.2014 Buxoro - Metallurg 0:3
05.04.2014 Buxoro - Metallurg 2:1
10.08.2013 Buxoro - Metallurg 3:1
14.09.2012 Buxoro - Metallurg 2:0
15.06.2011 Buxoro - Metallurg 2:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar o'rtasidagi Buxoroda bo'lib o'tgan o'yinlarda “Metallurg” ikki marta g'alaba qozona olgan (2008 va 2015 yil). Ikkita o'yinda durang qayd etilgan bo'lsa, qolgan 13ta bahsda “Buxoro” o'z uyida g'olib chiqqan.



