So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  3 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  9 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  4 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

Prevyu. "Bunyodkor" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Prevyu. "Bunyodkor" - "So'g'diyona"

Oliy liganing 23-turini "Bunyodkor" va "So'g'diyona"dagi o'yin ochib beradi.

Bunyodkor (Toshkent) – So'g'diyona (Jizzax)
24 sentyabr 2015. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:00
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), F. Narsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

“Bunyodkor” va “So'g'diyona” oliy ligada 11 bora to'qnash kelishgan. Natijalar poytaxt jamoasining mutloq ustunligini ko'rsatmoqda.

“Bunyodkor” 11ta o'yindan 10tasini yutgan. “So'g'diyona” bu raqibni faqat bir marta mag'lub etgan. “Bunyodkor” o'yinlarda 33ta gol kiritgan, jizzaxliklar 3 bora “qaldirg'ochlar” darvozasini ishg'ol etishgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 30 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan bo'lsa, “So'g'diyona”da bu ko'rsatkich 3tani tashkil etadi. “Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi 6:1. “So'g'diyona”ning yagona g'alabasi 2:1ga teng.

Birinchi davrada “So'g'diyona” o'z tarixida ilk bor bu jamoani mag'lub etgandi. O'shanda Jasur Hakimov ikkinchi bo'limda ikki bor “Bunyodkor” darvozasiga to'p kiritgandi. SHaker Zuagining goli faqat hisobni qisqarishini taminlagan edi – 2:1.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
18.10.2014 Bunyodkor - So'g'diyona 1:0
04.03.2013 Bunyodkor - So'g'diyona 5:0
06.08.2011 Bunyodkor - So'g'diyona 1:0
29.06.2009 Bunyodkor - So'g'diyona 5:0
25.08.2008 Bunyodkor - So'g'diyona 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Bunyodkor” o'z maydonidagi 5ta o'yinning barchasida “So'g'diyona”ni mag'lub etishga erishgan. Jizzax klubi Toshkentda raqib darvozasiga umuman to'p kirita olmagan. “Qaldirg'ochlar” 5ta o'yinda jami 15ta gol urishgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика