So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  0 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  5 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

Prevyu. Bundesliga: "Bavariya" va "Borussiya D" qiyin raqiblar to'sig'i qarshisida Yangiliklar

Prevyu. Bundesliga: "Bavariya" va "Borussiya D" qiyin raqiblar to'sig'i qarshisida

Germaniya chempionatida kecha boshlangan 23-tur bugun davom ettiriladi.


Kuni kecha mavsum kashfiyoti "RB Leypcig" jamoasi safarda "Augsburg" bilan jangovor durang qayd etdi.
Ralf Xazenxyuttl jamoasining ushbu ochko yo'qotishi "Bavariya"ga ushbu turda qo'l kelishi mumkin. CHempionat peshqadami bugun "Kyoln"da mehmon bo'ladi. Agarda mazkur o'yinda Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Bavariya" g'alaba qozonadigan bo'lsa, unda myuxenliklar "buqalar" bilan oradagi farqni 7 ochkoga oshirib olishadi.
Lekin shuni unutmaslik kerakki, "Kyoln" o'z uyidagi o'yinlarda aprel oyidan buyon mag'lubiyatga uchramay kelmoqda. Peter SHtoger jamoasi birinchi davradagi "Alyanc Arena"da kechgan bellashuvda ham "Bavariya" qarshiligiga munosib turib bera olishgandi. O'shanda jamoalar 1:1 hisobidagi durang natijasini qayd etishgan.
Bu galgi bahs ham qiziqarli va tajovuzkor futbolga aylanishi aniq. "Kyoln"ning asosiy maqsadi o'z uyidagi yoqimli (mag'lubiyatsiz seriya) ananani davom ettirish. "Bavariya"da esa doimo maqsad bitta (g'alaba) va u o'zgarmaydi.

Turning markaziy uchrashuvi maqomiga to'liq mos tushadigan to'qnashuv so'zsiz Dortmundda kechadi.
Dahshatli "Signal Iduna Park" stadionida Tomas Tuxel shogirdlari ishi yurishmayotgan "Bayer"ni qabkl qilishadi. "Borussiya" jamoasining ham ayni paytdagi holati havas qilgudek emas. Sababiki, ular hozirda turnir jadvalida peshqadam "Bavariya"dan 13 ochko kam jamg'argan holatda uchinchi pog'onada borishmoqda. "Bayer"da esa vaziyat yanada yomonroq. "Aspirinliklar" o'zlari uchun begona bo'lgan o'rin, yani 8-pog'onani o'zlarini qilib o'tirishibdi. Har doim sovrinli o'rinlar, ECHL yo'llanmasini qo'lga kiritishni o'ziga minimum vazifa qilib qo'yadigan jamoaning hozirgi mavqei albatta qoniqarsiz.
Bu ikkala jamoa 3 ochkoni qo'lga kiritishga juda chanqoq va bu ochkolar ular uchun juda muhim. SHu boisdan ham bugungi bellashuv keskin kurashlarga boy va qizg'in ruhda o'tishi shubhasiz.
Bu bahsdagi natija Rojer SHmidtning "Bayer"dagi keyingi taqdiriga ham bevosita bog'liq bo'lishi mumkin.

Durang qayd etish bo'yicha tengsiz jamoa sanalgan "Xoffenxaym" ushbu turda autsayder "Ingolshtadt"ni mehmon qiladi. "Ingolshtadt" garchi quyi pog'onalarda borayotgan bo'lsada, ushbu jamoa istalgan jamoaga bosh og'riq bo'la olishini "Bavariya" bilan bo'lgan o'yinda isbotladi. SHu boisdan ham "Xoffenxaym" bu uchrashuv oldin engil tin olishga shoshilmagani maqul.

Bundesligada ushbu mavsumda o'zlari uchun begona bo'lgan o'rinlar uchun kurashayotgan "Maync" hamda "Volfsburg" jamoalari qimmatli 3 ochko uchun "Opel Arena"da kurash olib borishadi. "Bo'rilar" xavfli hududga shu qadar yaqinlashib qolishganki, ular uchun endilikda barcha uchrashuvlar misoli finaldek o'tishi kafolatlangan. "Maync" esa imkon qadar turnir jadvalining o'rta qismidan yaxshilab o'rnashib olishga urinib ko'radi.

Bremenda mahalliy "Verder" jamoasi "Darmshtadt" bilan o'zaro kuch sinashadi. Birinchi davrada jangovor durang qayd etgan ushbu jamoalarning navbatdagi bellashuvi ham ko'pchilikning qiziqishiga sabab bo'lsa ajab emas. Bu uchrashuvda nisbatan mezbonlarning imkoniyati yuqoriroq. Lekin "Darmshtadt" ham Bremenga sayrga kelmaganligini isbotlashga harakat qiladi.

Turning yana bir etiborga molik to'qnashuvi Myonxengladbaxda o'tadi. Diter Xekking jamoaga kelganidan keyin "Borussiya M" o'yini ancha jonlandi va natijalar ham shunga monand ravishda yaxshi tomonga o'zgardi. Ayni paytda bu jamoaning o'yini ham, ishlari ham joyiga tushdi. "SHalke" borasida ham shu fikrlarni bildirish mumkin. Qishki tanaffusdan keyin mavsumni juda xunuk boshlagan gelzirkirxenliklar o'z qaddilarini tiklab olishga muvaffaq bo'lishdi. Birinchi davradagi muvaffaqiyatsizliklar natijasi ko'ra ayni paytda turnir jadvalining quyi qismidan o'rin olib turgan jamoalarning hozirgi holati alo darajada. O'yin ham shunga mos ravishda chiroyli va shiddatli bo'lishini taxmin qilish mumkin.



Bundesliga, 23-tur. Turnir jadvali

"Borussiya D" - "Bayer" (19:30)
"Signal Iduna Park" stadioni.
Bosh hakam
: Kristian Dingert.

"Kyoln" - "Bavariya" (19:30)
"Ren-Enerji SHtadion" stadioni.
Bosh hakam
: Yoxen Drees.

"Xoffenxaym" - "Ingolshtadt" (19:30)
"Virsol Ren Nekar Arena" stadioni.
Bosh hakam
: Bastian Dankert.

"Maync" - "Volfsburg" (19:30)
"Opel Arena" stadioni.
Bosh hakam
: Benjamin Kortus.

"Verder" - "Darmshtadt" (19:30)
"Vezer SHtadion" stadioni.
Bosh hakam
: Guido  Vinkmann.

"Borussiya M" - "SHalke" (22:30)
"Borussiya Park" stadioni.
Bosh hakam
: Manuel Grefe.


Turning yana ikkita uchrashuvi ertaga bo'lib o'tadi. Unda Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi o'z uyida "Frayburg"ni, "Gamburg" esa "Gerta"ni qabul qiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика