So’nggi yangiliklar

17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  1 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  8 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  23 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2

Prevyu. APLning 6-tur bahslarini MYU - "Lester" uchrashuvi ochib beradi Yangiliklar

Prevyu. APLning 6-tur bahslarini MYU - "Lester" uchrashuvi ochib beradi

24 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:30da "Manchester Yunayted" hamda "Lester Siti" o'rtasidagi bahs Angliya Premer-ligasining 6-tur uchrashuvlariga start beradi.

"Manchester Yunayted" - "Lester Siti"

"Manchester Yunayted" xuddi havosi chiqib ketgan sharga o'xshab qoldi. "Siti"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng MYUning ishlari oraqaga ketdi. Mourino 14 yillik faoliyatida ilk marotaba ketma-ket 3 ta o'yinda mag'lub bo'ldi. Buning ustiga Jozening Ueyn Runi bilan muammolari jamoaga salbiy tasir ko'rsatishi mumkin.

"Lester" bu mavsumda MYUdan ko'ra kamroq mag'lub bo'ldi. Raneri jamoasi mag'lub bo'lgan o'yinlarida ham raqibga munosib qarshilik ko'rsatmoqda.

Ushbu o'yinda "qizil iblislar"ning imkoniyati ko'proq deyish mumkin, ammo "Lester Siti" futbolchilarida jarohatlanganlar deyarli yo'q.

Imkoniyatlar: 55 - 45


"Bornmut" - "Everton"

"Bornmut" mavsum startida kuchli jamoalarning bariga mag'lub bo'ldi, ammo oddiyroq jamoalarga qarshi bahslarda ochko olishni uddasidan chiqmoqda. Liga Kubogida "Preston"dan uchralgan mag'lubiyat jamoaga tasir qilmasa kerak, chunki "Bornmut"ning mavsumdagi asosiy vazifasi Premer-ligada jon saqlab qolish.

"Everton" ham Liga Kubogini tark etdi. Ammo ular to'g'ri qildi desak ham bo'laveradi, chunki "Everton" bor etiborini Premer-ligaga qaratib, CHempionlar ligasi uchun joyga ega bo'lishi mumkin. "Everton" o'z tarixida hech qachon "Bornmut"ga mag'lub bo'lmagan.


Imkoniyatlar: 45 - 55


"Liverpul" - "Xall Siti"

Yurgen Klopp "Byornli"dan uchralgan mag'lubiyatdan kerakli xulosalarni chiqarib olgan. "Liverpul" so'nggi 5 ta uchrashuvda mag'lub bo'lgani yo'q. Qizillar butun maydon bo'ylab pressing uyushtirishmoqda va bu o'z samarasini bermoqda.

"Xall Siti" Angliya chempionatini yaxshi boshladi va joriy mavsum yakunlariga ko'ra, chempionatda jon saqlab qolmoqchi. "Yo'lbarslar" bu mavsumda faqat "Manchester Yunayted" va "Arsenal"ga mag'lub bo'lishdi, qolganlardan esa ochko olishga muvaffaq bo'lmoqda. Maykl Felan shogirdlari grandlarga munosib qarshilik ko'rsatishi mumkin.

Hozirgi "Liverpul" ingliz futbolining haqiqiy grandi, ular o'z maydonida 17 yanvardan beri mag'lub bo'lishmayapti.

Imkoniyatlar: 60 - 40


"Midlsbro" - "Tottenxem"

"Midlsbro" joriy mavsumni autsayderlarga qarshi bahslar bilan boshladi va ikki uchrashuvda 4 ochko to'plashga muvaffaq bo'ldi. Ammo kuchliroq raqib qarshisida Karanka jamoasi juda qiynalmoqda.

"Tottenxem" chempionatni juda yaxshi boshladi va ayni damda ular turnir jadvalining 3-o'rnida. Garri Keyn yo'qligi bu bahsda jamoaga jiddiy tasir qilmasa kerak, chunki "shporlar" safida kuchli o'yinchilar etarlicha topiladi.

Imkoniyatlar: 45 - 55


"Sanderlend" - "Kristal Pelas"

"Sanderlend" ayni damda Premer-ligani tark etish uchun birinchi raqamli davogar bo'lib turibdi. "Qora mushuklar" Premer-liganing 5ta uchrashuvida bor-yo'g'i 1 ochko ishlashdi. "Sanderlend" xatto uyidagi bahslarda ham o'rtamiyona jamoalarga imkoniyatni boy bermoqda.

"Kristal Pelas" startdagi muvaffaqiyatsizliklardan so'ng 7 ochko to'pladi va turnir jadvalining 8-o'rnida o'zini yaxshi his qilmoqda. Alan Pardyu o'z jamoasining o'yinini yaxshilay oldi.

"Sanderlend" bu bahsda hech bo'lmasa 1 ochko ishlash uchun bor kuchini ishga soladi.

Imkoniyatlar: 50 - 50


"Stok Siti" - "Vest Bromvich"

"Stok Siti" APLning 5 ta uchrashuvida bor-yo'g'i 1 ochko ishlab topdi. 5 o'yinning 3 tasida "Stok" 4 tadan gol o'tkazib yuborishdi. Jamoaning har bir futbolchisi klub uchun emas, balki o'zi uchun o'ynayapti. Agar jamoa bu bahsda ham ochko ola bilmasa 7-turda jamoani maydonga yangi murabbiy olib tushishi mumkin.

"Vest Bromvich" bu mavsumdagi ikki uchrashuvni muvaffaqiyatli o'tkazdi. "Vest Bromvich" mehmondagi bahslarda himoyadan o'ynab, qarshi hujumlarga umid qilmoqda.

"Vest Bromvich" "Stok Siti"ga qarshi so'nggi 3 ta o'yinda g'alaba qozongan. Ammo Mark Xyuz jamoasi bu bahsda o'ziga kelib, hech bo'lmasa mag'lub bo'lishdan qutilib qoladi.

Imkoniyatlar: 50 - 50


"Suonsi" - "Manchester Siti"

"Suonsi" chempionatning boshida o'z o'yini bilan hech kimni hayron qoldirmayapti. "CHelsi" bilan durang o'ynagan "oq qushlar", o'z maydonida "Xall Siti"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. "Suonsi" bu mavsumda uydagi o'yinlarda o'zini ko'rsata olmayapti.

"Manchester Siti" 6-turga 100% lik natija bilan etib keldi. Gvardiola jamoasiga kim bilan qaerda o'ynashning farqi yo'q. "SHaharliklar" har qanday raqibidan bir bosh ustundek ko'rinmoqda.


"Manchester Siti" hozir juda yaxshi formada va "Suonsi" Manchester jamoasini to'xtatib qolishga qiynalishi aniq.

Imkoniyatlar: 40 - 60


"Arsenal" - "CHelsi"

"Arsenal" so'nggi ikki o'yinida raqib darvozasiga 4 tadan gol urdi. Ammo bu jamoalar "to'pchilar" darajasiga mos raqib emas. Venger jamoasi kuchliroq klublarga qarshi bahslarda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. "Lester", "Liverpul" va PSJga qarshi uchrashuvlar buni isbotlab turibdi.

"CHelsi" bu haftada ikki qiyin uchrashuv o'tkazdi. "Liverpul"ga imkoniyat boy berildi va "Lester" qo'shimcha bo'limlarda mag'lub etildi. Bu natijalardan Konte jamoasi o'z ustidan hali ko'p ishlashi kerakligini bilib olishimiz mumkin. Ikkala jamao bu bahsga yaxshi holatda kelmayapti, shu sababli o'yin natijasi durang bo'lishi ehtimoli katta.

Imkoniyatlar: 50 - 50


"Vest Xem" - "Sautgempton"

Bu mavsumda "Vest Xem" bilan tushunarsiz narsalar sodir bo'lmoqda. "Bolg'aurarlar" yozda tarkibni kuchaytirishdi va har bir bahsda ochko to'plashning o'rniga, Slaven Bilich jamoasi 4 ta mag'lubiyatga uchradi. Himoyadagi o'yin juda yomon, chunki jamoa 5 ta bahsda 11 ta gol o'tkazib yubordi.

"Sautgempton" bu turdagi raqibidan biroz ko'proq ochko ishladi: 5 ta bahsda 5 ochko. Ammo Klod Pyuel jamoasining o'yini bor va shu asosiysi. O'tgan turda "avliyolar" so'nggi turda g'alaba qozondi va bu muvaffaqiyat futbolchilarga ijobiy tasir ko'rsatishi mumkin.

"Vest Xem" kuchli jamoa, ammo ular uyda ochko olmasa boshqa qaerda oladi. Buning ustiga "Sautgempton" mehmondagi ikki uchrashuvda ham mag'lub bo'lgan.

Imkoniyatlar: 50 - 50


"Byornli" - "Uotford"

"Byornli" "Liverpul"ga qarshi g'alabali bahsda yorqin o'yin ko'rsatdi va jamoa shundan so'ng faqat "Xall"ga qarshi uchrashuvda yaxshi harakat qildi. Qolgan o'yinlarda ular yirik hisobda mag'lubiyatga uchrashdi.

"Uotford" so'nggi ikki uchrashuvda "Vest Xem" va "Manchester Yunayted" darvozasiga 7 ta gol urdi. Bu mavsumda "Uotford" mehmonda mag'lub bo'lgani yo'q. "Byornli" va "Uotford" o'rtasidagi so'nggi 4 ta bahs durang bilan yakunlangan.


Imkoniyatlar: 50 - 50

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика