So’nggi yangiliklar

02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  42 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  3 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  6 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  6 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

Prevyu: AGMK 4 oydan buyon uyida yutolmayapti, Dinamo safarda g'olib bo'lmagan. Kim noxush ananani buzadi? Yangiliklar

Prevyu: AGMK 4 oydan buyon uyida yutolmayapti, Dinamo safarda g'olib bo'lmagan. Kim noxush ananani buzadi?

Superliganing 19-turi doirasidagi etiborli o'yinlardan biri Olmaliqda o'tadi.

Ikkinchi davrani omadsiz boshlagan “Dinamo” jamoasi safarda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK klubiga qarshi saf tortadi.

Superliga. 19-tur.
14 sentyabr (shanba)
AGMK – “DINAMO”
Hakamlar:
Jasur Muxtorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Rishat Nugmanov, Ravshan Abdivohidov
O'yin boshlanish vaqti: 18:30

Joriy mavsumda…
Ikkinchi davraning so'nggi beshta turida muvaffaqiyatsiz natija qayd etgan “Dinamo” jamoasi ayni damda 18 ochko bilan 9-o'rinni band etib turgan bo'lsa, AGMK 2-davrada 1 g'alaba, 1 durang, 3 mag'lubiyat qayd etgan holda 16 ochko bilan 12-o'rinda bormoqda. Bu o'yindagi g'alaba ikki tomon uchun ham juda zarur. AGMK may oyidan buyon uyida yutolmayapti, "Dinamo" esa bu mavsum safarda g'alaba nimaligini bilmayapti.

Eski tanishlar…
O'z vaqtida «Dinamo»da to'p surgan va hozirda AGMK tarkibida to'p surayotgan futbolchilar talaygina. Xususan, AGMK yarimhimoyachisi Dilshod Jo'raev Oliy Ligadagi debyutini 2012 yilda aynan «Dinamo» safida amalga oshirgandi. Hujumchi SHahzodbek Nurmatov ham Oliy Ligadagi ilk o'yinlarini aynan “Dinamo” safida 2011 yilda o'tkazgan edi. Qolaversa, olmaliqliklar to'purari Zafar Polvonov 2012 yilda, yarimhimoyachi Sanat SHixov esa 2013-14 yillarda “Dinamo”dagi o'yinlari bilan samarqandlik muxlislar etiboriga tushgan. SHuningdek, AGMK darvozabonlari Suhrob Sultonov va Roman Abdulovlar ham faoliyatidagi ilk o'yinlarini “Dinamo” safida o'tkazgan edi. Qolaversa, AGMK safiga qo'shilgan samarqandlik futbolchi Erkin Boydullaev ham aynan “Dinamo”dagi o'yinlari bilan muxlislarga tanilgan.

“Dinamo” safidan esa birgina Qadamboy Nurmetov oz muddat AGMK safida to'p surgan.

O'zaro o'yinlar: Ustunlik kimda?

«Dinamo» jamoasi Oliy Liga doirasida ushbu jamoaga qarshi 19 marta to'qnash kelgan. Ushbu bahslarning 7 tasida «Dinamo» g'alaba nashidasini surgan bo'lsa, 8 ta o'yin «Konchilar»ning g'alabasi bilan tugagan. 4 ta uchrashuvda esa jamoalar murosa yo'lini tanlashgan.

O'zaro o'yinlardagi gollar nisbati 20:24 ko'rinishida, olmaliqliklar foydasiga. Bahslar davomida AGMK 28, «Dinamo» 25 ochkoni qo'lga kiritgan. «Dinamo»ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:2 ga teng. AGMKning eng yirik g'alabasi esa 3:1 natijasidir. Jamoalarning o'zaro so'nggi uchrashuvlarida “Dinamo” 1-davrada SHohruh Abdurahmonovning yagona goli evaziga AGMKni Samarqandda mag'lub etgandi.

O'zaro so'nggi uchrashuvlar:

11.05.2019 «Dinamo» - AGMK 1:0

13.10.2017 «Dinamo» - AGMK 1:0
06.05.2017 AGMK - «Dinamo» 2:0

31.10.2015 «Dinamo» - «Olmaliq» 1:1
01.07.2015 «Olmaliq» - «Dinamo» 3:0

02.10.2014 «Dinamo» - «Olmaliq» 2:1
21.05.2014 «Olmaliq» - «Dinamo» 3:0

30.03.2013 «Dinamo» - «Olmaliq» 0:0
23.10.2013 «Olmaliq» - «Dinamo» 3:2

09.08.2012 «Dinamo» - «Olmaliq» 0:1
25.06.2012 «Olmaliq» - «Dinamo» 1:2

10.06.2011 «Dinamo» - «Olmaliq» 0:1
13.08.2011 «Olmaliq» - «Dinamo» 1:1

05.08.2010 «Olmaliq» - «Dinamo» 3:1
05.06.2010 «Dinamo» - «Olmaliq» 4:2.

Fakt:
AGMK jamoasi so'nggi marta o'z uyida 5 may kuni 7-tur doirasida “Surxon” jamoasini 2:0 hisobida mag'lub eta olgan. O'sha o'yinda uchrashuvni Jasur Muxtorov boshqargan. O'shandan buyon Olmaliq klubi Olmaliqda g'alaba qozona olmayapti.
AGMK – «Dinamo» uchrashuvi bosh hakami Jasur Muxtorov bungacha 2019 yilgi mavsumda AGMK ishtirokidagi ikkita uchrashuvda ishlagan. Ushbu ikki bahsda AGMK Olmaliqda “Surxon”ni 2:0 hisobida, safarda “Andijon”ni 1:2 hisobida mag'lub etgan. Umuman olganda AGMK 2019 yilgi chempionatda 4 ta g'alabaga erishgan va buning teng yarmi – 2 tasi aynan Jasur Muxtorov boshqargan uchrashuvlarda erishilgan.

Jasur Muxtorov 2019 yilgi mavsumda “Dinamo” ishtirokidagi uchrashuvlarda ham ishlagan. O'sha o'yinlarda “Dinamo” safarda “Paxtakor”ga mag'lub bo'lgan (2:0), “Buxoro” bilan esa 0:0 o'ynagan.

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика