So’nggi yangiliklar

02:07ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистонлик ҳакамлар ишлаган ўйинда Япония Баҳрайнга ҳеч қандай имконият қолдирмади  2 02:00Миллатлар лигаси. Нидерландия ва Германия жанговар дуранг қайд этишди, Англия эса ғалаба қозонди  0 00:55Рамосга Жанубий Америкадан таклиф келиб тушди  0 00:27Қирғиз Республикаси устози: "Биз қилган ўзгаришлар рақибга бир қанча ноқулайликлар туғдирди. Бугун уларни хайрон қолдира олдик"  7 00:05Рустам Ашурматов: "Ўзимизга ўзимиз ютқазмасак, бу гуруҳда ҳеч ким бизни мағлуб эта олмайди"  11 23:35Одилжон Ҳамробеков: "Бугун тактика ёки индивидуал маҳорат эвазига эмас, кучли иштиёқ сабабли ғалаба қозондик"  16 23:15ЖЧ-2026 саралаши. Эрон БААни қийинчилик билан мағлуб этди. Ўзбекистон иккинчи турдан кейин тўплар нисбатига кўра биринчи ўринда  49 22:47ЖЧ-2026 саралаши. Иордания Фаластинни, Жанубий Корея Ўмонни мағлубиятга учратди  5 22:39Сречко Катанец Қирғиз Республикасига қарши кечган қийин учрашувдан сўнг нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  31 21:15ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон 2:3  37 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Марказий Осиё дербисида Ўзбекистон камбэк қайд этди ва гуруҳда пешқадамга айланди  517 20:05"Ювентус" ярим ҳимоячиси билан хайрлашишга тайёр  1 19:33ЖЧ-2026 саралаши. КХДР ва Қатар муроса кўчасини танлашди  60 19:28ЖЧ-2026 саралаши. 70 дақиқадан кўпроқ вақт камчиликда ўйнаган Саудия Арабистони ғалабага эришди   4 19:05ЖЧ-2026 саралаши. Австралия яна юта олмади  9

Prevyu: 23-tur doirasida "Derby della Madonnina" Yangiliklar

Prevyu: 23-tur doirasida "Derby della Madonnina"

Bugun Italiya chempionatining navbatdagi turiga start beriladi.

"Yuventus" - "Krotone"

CHempionlar Ligasida "Portu"ga mag'lub bo'lgan "Yuve"ning jaxli chiqishi aniq. Tabiyki tarkibda o'zgarishlar bo'ladi. Kellini safdan chiqqan va asosiy tarkibda Demiral harakat qiladi. Qiziq tomoni Pirlo yarim himoya markazi borasida qanday qaror qabul qilarkin? Hujumda Ronaldu o'zining omadsiz seriyasini uzishga harakat qiladi. Krishtianu qatorasiga 3 o'yindan buyon gol ura olmayapti. "Akulalar" murabbiyi esa barcha asosiy futbolchilari safda ekanligidan mamnun bo'lsa kerak. Ketma-ket 4 uchrashuvda mag'lub bo'lgan klubning xursand bo'lishga boshqa sababi yo'q ham.

Yana bir qiziq fakt, birinchi davra uchrashuvida "Krotone" "Yuventus"dan ochko tortib olgandi. O'yin 1-1 hisobida yakunlangan. Tabiiyki, bu safar o'sha hisob takrorlanishi anchayin qiyin. Turinliklra o'z uyida o'ynamoqda va A Seriya autsayderi hamda hammadan ko'p gol o'tkazib yuborayotgan jamoani qabul qiladi.


"Milan" - "Inter"

"Derbi della Madonina" doimo muxlislar etiborida bo'lgan, hozir esa unga bo'lgan qiziqish bir necha barobar oshgan, desak mubolag'a bo'lmaydi. Anchadan buyon bu ikki klub o'zaro chempionlik sovrini uchun kurash olib bormagandi. "Milan" kuni-kecha Evropa Ligasi qiyin uchrashuv o'tkazdi va ancha kuch sarfladi. Natijada Pioli taktik sxema haqida astoydil bosh qotirishi zarur. Murabbiy baxtiga Tonalli, Benasser va Ker safga qaytdi. Hujumda esa Ibragimovich-Rebich juftligini ko'rsak ajab emas. Konte esa faqatgina Sensi xizmatlaridan foydalana olmaydi. Katta ehtimol Eriksen bu uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlaydi. Oxirgi o'yinlarda daniyalik o'zi uchun yangi poziciyada harakat qilishga ko'nikib, tobora o'yinini kuchaytirib bormoqda. 

Birinchi davrada "Milan" 2-1 hisobida zafar quchgan, Zlatan dubl rasmiylashtirgandi. Bugungi kunga kelib esa bukmekerlar "neradzurri"ni yaqqol favorit sifatida ko'rmoqda. Umuman olganda bu normal holat. "Inter" nisbatan stabil tarkibga ega, qo'shimchasiga "Crvena Zvezda"ga qarshi bellashuv ham o'z tasirini o'tkazmay qolmasa kerak. SHunday bo'lsada, "Milan derbisi" qiziqarli o'tishi shubhasiz.


"Atalanta" - "Napoli"

Gasperini uchun eng yaxshi xabar - Toloining diskvalifikaciyadan keyin safga qaytgani. Albatta, Jan Pero ECHL o'yinini ham hayolining bir chetida saqlayotgani turgan gap. SHu sabab rotaciya bo'lish ehtimoli yuqori. Asosiy tarkibda Miranchuk-Malinovskiy juftligidan biri o'yinni boshlashi mumkin. Umuman olganda "Atalanta" o'yinga yaxshi kayfiyat va yaxshi sport formasida kelmoqda, "Napoli" haqida esa bunday deb bo'lmaydi. Gattuzo bekorga tarkib borasida nolimagan, bunday holatda 2ta frontda jang olib borish deyarli imkonsiz. Gulyam va Kulibali koronovirusdan halos bo'lishdi, ammo ularning qanday holatdaligi nomalum. Qandaydir eksperiment bo'lishi aniq.

Birinchi davrada "Napoli" "Atalanta"ni 4-1 hisobida taslim etgandi. Bergamoliklar bu safar o'sha mag'lubiyat alamini olishni niyat qilganlar va buning uchun etarli imkoniyatga egalar. Bukmekerlar ham aynan "Atalanta"ni uchrashuv favoriti sifatida ko'rmoqda. "Napoli"ning muammolarini inobatga olsak, bu tabiiy. Nima bo'lganda ham jamoalar tomoshabop o'yin ko'rsatib berishlarini kutsak arziydi.


"Benevento" - "Roma"

Mezbonlar so'nggi o'yinlarda ancha tetik ko'rinishmoqda va tarkib bilan ham muammolar yo'q. Inzagi faqatgina Leticiya va Barbaning xizmatlaridan foydalana olmaydi. Tarkibda avvalgi o'yinlar bilan solishtirganda keskin o'zgarishlar bo'lmasa kerak. Bu o'yin ayniqsa Falke uchun principial ahamiyat kasb etadi. Futbolchining "Roma"da "ketmoni uchmagandi". Fonseka esa Evropa Ligasidan keyin bazi muammolarga duch keldi. Ibanez jarohat oldi, avvalroq Smolling va Kumbullaning ham safdan chiqqanini inobatga olsak, himoya markazi jamoa uchun zaif nuqtaga aylanmoqda. Laterallardan biri Facio va Manchini yonida harakat qilsa kerak.

"Roma" va "Benevento"ning oxirgi o'zaro bellashuvida muxlislar chinakam "koncert" tomosha qilishgandi. Gollarga boy o'yinda "bo'rilar" 5-2 hisobda g'alaba qozongandi. Navbatdagi bahs oldidan ham "jalorossi" yaqqol favorit sifatida qaralmoqda va ECHL yo'llanmasi uchun kurashayotgan klub klass bo'yicha o'zidan ortda bo'lganlar bilan o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritmoqda. 


"Lacio" - "Sampdoriya"

Simone Indzagi muammolar girdobida qolib ketgan. Oldinda jamoani "Bavariya" bilan ECHLdagi to'qnashuv kutmoqda, lekin tarkibda yo'qotishlar etarlicha. Qo'shimchasiga jarohati bo'lmagan Laccari ham bazi malum sabablarga ko'ra, jamoasiga yordam berolmaydi. Ushbu sabablarga qaramay, "Lacio" "Inter" bilan o'yindagi mag'lubiyat alamini olishni istaydi, ustiga-ustak o'yin Rimda o'tadi. Ranerining esa ishlari joyida. Barcha etakchilar safda va ajoyib sport formasida. Kandreva va Keytaga alohida etibor qaratish lozim. Etiborli jihati, ushbu ikki futbolchi "Lacio" safida muvaffaqiyatli harakat qilgan. Bu safar ular sobiq jamoasini xafa qilishga harakat qiladi.  

Birinchi davra uchrashuvida "Lacio" yirik hisobda (3-0) mag'lub bo'lgandi. Bo'lajak bellashuv oldidan "burgutlar" favorit sifatida qayd etilmoqda. Ular ham birinchi davra bellashuvi, ham "Inter" bilan o'yin uchun muxlislarini xursand qilish yo'lida harakat qilishadi. Ammo seshanba kun uchrashuvini unutmaslik lozim. "Sampdoriya"ning esa vaziyati soddaroq va Raneri shogirdlari kuchli raqibga qarshi qanday harakat qilishni yaxshi bilishadi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика