So’nggi yangiliklar

01:11"Ал Ҳилол" устози: "Биз ушбу мусобақанинг финал баҳсида ўйнашни мақсад қилганмиз"  1 00:04"Ювентус" - "Верона". Таркиблар билан танишинг  0 23:40Пицца тайёрловчи компания МЮ устидан кулди  6 23:11Озарбайжон. Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов захирадан баҳсга қўшилди  2 22:58ОФК ЭЧЛ. Эрондаги баҳсда гол киритилмади, Машарипов захирадан майдонга тушди  3 22:34“Ал Ҳилол”нинг мусулмон футболчилари рўза тутишмоқдами?  9 21:53FA Гвардиоланинг Англия Кубогидаги тўп ҳақидаги шикоятларига жавоби: "У ФИФА талабларига мувофиқ синовдан ўтказилди"  1 21:38Гвардиолага Англия Кубогидаги тўплар ёқмаяпти  1 20:39Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  2 20:25"Истиқлол" - "Ал Насср". Таркиблар эълон қилинди  7 19:48"Ал Ҳилол" Собослаи учун 120 млн евро тўлашга тайёр  7 19:22ФИФА Покистон футбол федерациясига нисбатан қўлланган санкцияларни бекор қилди  0 18:56Роналду ким(лар)га ҳавас қилган?  14 18:28Венгер "Олтин тўп" учун 3 нафар асосий даъвогар номини айтди  22 17:59"Арсенал" ҳужумчисини сотиши мумкин  2

Predrag Rogan: Paxtakor vaziyatlaridan foydalandi, Dinamo esa yo'q. Stadionni to'ldirib o'tirgan muxlislarga rahmat Yangiliklar

Predrag Rogan: Paxtakor vaziyatlaridan foydalandi, Dinamo esa yo'q. Stadionni to'ldirib o'tirgan muxlislarga rahmat

Superliga 1-turi doirasidagi Dinamo - Paxtakor (0:2) uchrashuvidan keyin mezbon jamoa bosh murabbiyi Predrag Rogan o'yin borasidagi savollarga javob qaytardi.

- Eng avvalo, «Paxtakor» jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bu raqib kuchli va tajribali o'yinchilarga ega ekanligini ko'rsatdi. «Paxtakor» o'z imkoniyatlarini kutdi va bundan foydalandi. Biz esa birinchi bo'limning o'zida yaqqol ikkita golli vaziyatlardan foydalana olmadik. SHokir Yo'ldoshev dastlab zarba berishda biroz adashdi, keyin esa Yovanovichning zarbasi darvoza to'siniga tegdi. Biz gol ura olmagach, raqib o'z imkoniyatlarini golga aylantirdi. 

Bugungi natija va o'yinni unutib, ertaga yangi kunda yana mashg'ulotlarga kirishamiz. Biz yangi jamoamiz va har bir mashg'ulot biz uchun juda muhim. Ertadan kelasi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

Bugun stadionni to'ldirib o'tirgan samarqandlik muxlislarga rahmat deb qolaman. Ulardan uzr so'rab qolaman. Biz o'z imkoniyatlarimizni golga aylantirib, ularni xursand qilishimiz mumkin edi. Ular bizni yaxshi qo'llab-quvvatlashdi. 

- SHohmalik Komilovning tarkibda va o'yin qaydnomasidan o'rin olmagani nima bilan bog'liq?

- Afsuski, u kecha «Paxtakor»ga qarshi so'nggi mashg'ulotimizda jarohat oldi. SHu bois u bizga yordam bera olmadi. Uning qachon qaytishi haqida ham aniq gap ayta olmayman.

- Umuman olganda, jamoaning o'yinidan qanchalik qoniqdingiz?

- Yigitlar harakati va ishtiyoqidan qoniqdim deya olaman. CHempionat endi boshlandi, jamoaning o'yini ham turdan turga yaxshilanib boradi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика