Prandelli rasman “Galatasaroy” bosh murabbiyi bo'ldi
08 iyu 2014 18:29
Yangiliklar
Prandelli rasman “Galatasaroy” bosh murabbiyi bo'ldi
Italiyalik mutaxassis CHezare Prandelli rasman Turkiyaning “Galatasaroy” klubi bosh murabbiyi bo'ldi.
Bugun tomonlar ikki yilga mo'ljallangan shartnoma imzolashdi. 56 yashar Prandelli turk klubida yiliga 2,295 million evro maosh oladi. SHuningdek, mukofot pullari ham shartnomaga band sifatida kiritilgan.
CHezare “Galatasaroy”da yana bir italiyalik mutaxassis Roberto Manchinining o'rnini egalladi. Manchini qo'l ostida jamoa chempionatda 2-o'rinni egalladi. Roberto 11 iyun kuni rasman “Galatasaroy”ni tark etgan edi.
Eslatib o'tamiz, CHezare Prandelli bosh murabbiyligidagi Italiya terma jamoasi Braziliyada yakuniga etib borayotgan JCH-2014ning guruh bosqichidan ham chiqa olmagandi. Bu guruhdan Kosta-Rika va Urugvay terma jamoalari nimchorak finalga yo'l olishgan edi.

Fikrlar