Potter: "Mudrik "Liverpul"ga qarshi o'ynay oladi"
21 jan 2023 10:43
Yangiliklar


Potter: "Mudrik "Liverpul"ga qarshi o'ynay oladi"
"CHelsi" bosh murabbiyi Grem Potterning fikricha, Mixail Mudrikning debyutini keyinga qoldirishdan mano yo'q.
"So'nggi paytlarda u ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan, ammo Mudrik mashg'ulotlarda yaxshi ko'rinmoqda. "Liverpul"ga qarshi debyutini o'tkazish ehtimoli bor.
U boshqa ligadan kelganini va moslashish uchun vaqt kerakligini hamma tushunishi kerak. Mudrik – katta salohiyatga ega yosh futbolchi, lekin u allaqachon malum tajribaga ega va qiziqarli futbolchi. Mixail jamoamizga qo'shilganidan xursand. U Londondagi faoliyatini, xususan, debyut bahsini intiqlik bilan kutmoqda", – dedi Potter.
Eslatib o'tamiz, "CHelsi" o'tgan yakshanba kuni Mudrikning transferini yakunladi, uning umumiy summasi 100 million evro – darhol 70 million, bonuslar sifatida 30 million.
"Liverpul" – "CHelsi" uchrashuvi bugun bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar