So’nggi yangiliklar

10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   1 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  5 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  9 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  20 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  3 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  5 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  34 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  3 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0 04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан-ўйингача"  1

Portugaliya futbol federaciyasi "Krishtianulashib" ketdi. Ularning so'rovi - futbol principlariga zid! Yangiliklar

Portugaliya futbol federaciyasi "Krishtianulashib" ketdi. Ularning so'rovi - futbol principlariga zid!

Rossiyalik taniqli jurnalist Igor Rabiner Portugaliya ning ahvoli hakida.

Ko'pchilik meni Krishtianuni ko'p tanqid qilishimda ayblashadi, lekin kecha ro'y bergan hodisadan hayron qolmaslikning iloji yo'q.

O'yindan so'ng Krishtianu, so'ngi bo'lib to'pga tekkanini malum qildi. Bugun Portugaliya futbol federaciyasi gol muallifligini qayta ko'rib chiqish uchun so'rov yubordi.

- "Qanday qilib ahir? Bunday ishlar "futbol" deb atalmish jamoaviy o'yinga qanday aloqasi bor?"

- "Men kecha o'yinda bo'ldim va aniq shuni ko'rdimki, Krishtianu o'zining gollaridang so'ng odatiy nishonlashini (portugaliyaklar gollarni huddi shunday nishonlashni yaxshi ko'rishadi va o'yindan keyin ular metroda Ronaldu nishonlashini takrorlashdi) namoyish etmadi. U o'sha vaqtdayoq golni Brunu Fernandesh kiritganini tushungan".

- "Bir necha takrorlardan keyin (boshida rostdan ham tushunarsiz edi) butun stadion ham anglab etdi. Portugaliya terma jamoasining har ikkinchi muxlisining futbolkasida RONALDO yozuvi bo'lishiga qaramay, golni muallifi Brunu deb elon qilinganida, tribunada hech qanday norozilik hislari yo'q edi. To'p hatto millimetrga ham o'z yonalishini o'zgartirmaganlini, aniq edi".

- "Lekin Ronalduni ham maqtash kerak gol yaratishda faol ishtirok etgani uchun, chunki gol bo'lgan vaziyatda o'z harakati bilan Urugvay darvozabonini chalg'itdi va shundan so'ng to'p darvozadan joy oldi".

- "Ho'sh, mayli, Ronalduning egocentrik harakteri hammaga tanish, va u aytgan so'zlar hech qanday hayrat o'yg'otmaydi (Brunu o'zi ham to'pga so'nggi bo'lib Krishtianu tekkan deb o'ylaganini aytdi).

- "Lekin menga Portugaliya futbol federaciyasining harakati tushunarsiz. Ular futbolni jamoaviy sport turidan, individual sport turiga aylantirishmoqda, jamoviy o'yin muhitini yo'q qilishmoqda va ishonamanki, bunday ishlar terma jamoaga yomon tasir o'tkazadi. Kecha maydondagi haqiqiy lider, hamma ko'rganidek Brunu Fernandesh edi. Krishtianu esa - jamoa ramzi va afsonasi".

- " Va yana. Kecha "mikst" zonada faqatgina bir nechta o'yinchilar jurnalistlar bilan suhbatlashishdi, urugvayliklardan hech kim to'xtamadi. Har bir to'xtab jurnalistlar savollariga javob bergan portugaliyaliklarga, jurnalistlar: "Kim birinchi golni urdi" - deya savol berishdi".

- "Hatto Krishtianu va Urugvay darvozaboni gol muallifi kimligini bilmayotgan bir vaqtda, qolganlar qaerdan bilsin?
Nima keragi bor axir 5ta takrordan keyin xam javobi aniq bo'lmagan vaziyat haqida yana so'rab? Faqat sarlavha uchunmi?".

- "Hozirgina, kurashlarga boy va butun o'yin davomida teng kechgan ikta katta jamoa bahsi yakunlandi, o'yin bo'yicha ham qiziq savollar millionta edi".

Lekin hammma: "Kim gol urdi?"

- "Va portugaliyalik muxlislar tungi soat ikkida, metroda: "Kri-shtiiiiiianu Ronaaaaldu" deya qo'shiqlar qo'ylashdi va o'sha vaqti metroda, bir bora ham mamlakat nomi jaranglamadi".




- "Bu qandaydir tushunchalar almashuvidek".

- "Bu faqat Jorj Veasi bor Liberiya emas".

- "Bu Senegal va Misr ham emas, Saloh va Manega o'xshagan boshqa o'yinchilari yo'q".

- "Bu katta nomlarga ega kuchli terma jamoa va hozir u erda Ronaldu eng katta rol egasi emas, katta farq qilib beradigan".

- "Albatta, beshta jaxon chempionatida gol urgan afsona jamoada bo'lishi zo'r. Lekin bunday qilish kerak emas. Bu "Krishtianulashib" ketish, bu Portugaliyaning boshqa o'yinchilarini kamsitadi".

- "Ronalduning yoshi ham hozir ancha katta, - 1986 yildagi yoki 1990 yildagi Maradona emas, jamoani bir o'zi torta oladigan, hech bo'lmasa finalgacha jamoani olib keladigan".

- "Faqat jamoa jaxon chempioni bo'la oladi. Yulduz esa jamoa bezagi bo'lish kerak, jamoa zarar keltirish emas. Portugaliya futbol federaciyasi, FIFAga Brunu Fernandesh goli masalacida so'rov yuborib, futbolning yozimlagan qoidasini buzdi. Agarda barcha aslida ham Ronaldu to'pga tegib, to'p yonalishini o'zgartirgan bo'lsa, bu to'g'ri qaror bolar edi.
Lekin aslida ro'y bergan hodisada, bu harakatlar kulguli va o'rinsiz".

Igor Rabiner

Abdulvosit Bektemirov tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика