"Portu" yarim himoyachisi Evropa top-klublari etiborini tortdi
27 mar 2022 21:10
Yangiliklar


"Portu" yarim himoyachisi Evropa top-klublari etiborini tortdi
Evropaning bir qancha klublari "Portu" azosi Vitinyaga qiziqish bildirishmoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchi uchun asosiy davogarlar – "Liverpul", "Bavariya" va "Lacio". Qayd etilishicha, "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning shaxsan o'zi futbolchiga jiddiy qiziqmoqda.
22 yoshli xavbekning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli 40 million evroni tashkil etadi, biroq "Portu" u bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Vitinya joriy mavsumda Portugaliya chempionatida 23 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 2 marta ishg'ol qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar