Portlashdan shikastlangan Mark Bartra muxlislarga murojaat qildi
12 apr 2017 20:27
Yangiliklar
Portlashdan shikastlangan Mark Bartra muxlislarga murojaat qildi
Kecha Monakoga qarshi o'yindan oldin Dortmundda sodir bo'lgan portlash natijasida tan jarohati olgan Borussiya klubi himoyachisi Mark Bartra o'z fikrlarini bildirdi.
Barchaga salom! O'zimni yaxshi his qilayapman, qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat.
ECHL chorak finalida Monakoga qarshi o'yinda Borussiyaga muxlislik qilamiz, – deb yozadi Bartra instagramdagi sahifasida.
Kecha Borussiya avtobusi yonida uchta portlash yuz berdi. Bartraning qo'li jarohat oldi va operaciya qilindi. Bahs bugunga qoldirildi.
Fikrlar