Polshalik futbolchi gol urganidan so'ng yig'lab yubordi. Nega?
21 sen 2019 14:14
Yangiliklar
Polshalik futbolchi gol urganidan so'ng yig'lab yubordi. Nega?
AQSHning ikkinchi darajali chempionati - USLda "Sakramento Repablik" va "Rio Grande Valley" o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ushbu o'yinda emocional voqea yuz berdi.
Zaxiradan maydonga tushgan polshalik Darek Formella uchrashuvning 81-daqiqasida gol urdi va hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi. 23 yoshli hujumchi goldan so'ng bir necha qadam tashlab, maydonga tizzasi bilan o'tirdi va yig'lab yubordi.
Malum bo'lishicha, uchrashuvdan 3 soat oldin uning otasi rak kasalligi tufayli olamdan ko'z yumgan ekan. Futbolchi bu haqida hech indamadi. Formella gol urganidan so'ng maydonning o'zida tragediya haqida jamoadoshiga aytib berdi.
Fikrlar