Polsha terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi
22 dek 2022 19:47
Yangiliklar
Polsha terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi
Polsha terma jamoasi rasmiy sayti CHeslav Mixnevich terma jamoa bosh murabbiyligidan ketganini tasdiqladi.
"Polsha futbol uyushmasi boshqaruv kengashi nomidan CHeslav Mixnevichga 11 oylik murabbiy sifatidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz. Xabaringiz bor, u juda qiyin davrda jamoani qabul qilib oldi. SHunga qaramay, u JCH-2022 yo'llanmasini qo'lga kiritdi. SHuningdek, Millatlar Ligasi elit divizionidagi o'rnini saqlab qoldi", – dedi Polsha futbol associaciyasi prezidenti Cezariy Kulesha.
Polsha futboli rahbari Mixnevich 1986 yildan beri Jahon chempionati pley-off bosqichidagi ilk yo'llanma uchun minnatdorchilikka loyiq ekanini takidladi.
Rasman Polsha termasi bosh murabbiyi lavozimi 31 dekabr kuni bo'shaydi. Mixnevich shogirdlari Qatar mundialida 1/8 finalga chiqdi va bo'lajak finalchi Franciyadan 1:3 hisobida engildi.
O’xshash yangiliklar
17:16
Otabek Umarov va Ravshan Ermatov Milliy futbol markazidagi qurilish jarayonini ko'zdan kechirdi 11
Fikrlar