Policiyachi o'yin vaqti braziliyalik futbolchiga o'q uzdi
11 iyu 2024 21:43
Yangiliklar


Policiyachi o'yin vaqti braziliyalik futbolchiga o'q uzdi
Braziliyadagi mintaqaviy futbol ligasi o'yinlaridan birida o'yinchi policiya tomonidan o'q uzish oqibatida jabrlandi.
"Centro Oeste"ga qarshi bahsda "Gremio Annapolis" darvozaboni Ramon Souza maydon chetida kelib chiqqan janjal vaqti policiya tomonidan yaqin masofadan otilgan rezina o'qdan jarohat oldi.
Darvozabonga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko'rsatildi va u darhol shifoxonaga etkazildi.
"Gremio" ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali mazkur hodisani tasdiqlab, aybdorlar jazolanishi kerakligini malum qilgan.
O’xshash yangiliklar
17:36
Bu qiziq! "Manchester Siti" Braziliya U-17 va Argentina U-17 sardorlarini o'z safiga qo'shib oldi 5

Fikrlar