Po'latxo'ja Xoldorxonov: "Mavsumdagi birinchi o'yin doim qiyin bo'ladi"
05 mar 2024 07:43
Yangiliklar


Po'latxo'ja Xoldorxonov: "Mavsumdagi birinchi o'yin doim qiyin bo'ladi"
Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan so'ng "sherlar" hujumchisi Po'latxo'ja Xoldorxonov fikrlarini bildirdi.
"Joriy yildagi ilk rasmiy o'yinimizni g'alaba bilan boshladik. Muxlislarga rahmat aytaman. Birinchi uchrashuv doim qiyin bo'ladi. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik.
Qishki yig'indagi nazorat uchrashuvlaridagi natijalar muhim emasdi. Yig'inlarda yaxshi jamoalar bilan o'ynagandik. Muhimi chempionatda g'alaba qozondik.
"Surxon"ni yaxshi o'rgangandik. Ularda murabbiy o'zgardi. SHu omil ham tasir qilgandir",- deydi Po'latxo'ja Xoldorxonov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar