Pol Skoulz: “MYU katta o'yinlarda g'alabaga erisholmayapti...”
31 jan 2021 08:34
Yangiliklar
Pol Skoulz: “MYU katta o'yinlarda g'alabaga erisholmayapti...”
“Aftidan bu jamoa menga turnir jadvalining yuqorisida borayotgan klublarni mag'lub eta olmaydigandek tuyulmoqda. Ular “SHeffild” bilan o'yinda qiynalishdi va mag'lub bo'lishdi, so'ngra katta matchda maydonga tushishdi va yana g'olib bo'la olishmadi. Ular bunga qanday erishish kerakligini tushunishmayapti.
Brunu Fernandek shu kabi matchlarda “yo'qolib” qolmoqda. Uning ajoyib statistikasi, ajoyib to'p uzatishlari va gollari bor. Ammo katta jamoalarga qarshi so'nggi beshta o'yinda u biror marta gol ham urmadi, asssistentlik ham qilolmadi.
Bu holat meni bezovta qilmoqda. SHu sabab ham MYU aynan shunday poziciyada. Jamoa APLda g'olib chiqadi, deb ishonch bilan aytib bo'lmaydi.
Jamoa “Arsenal” mehmoni bo'ldi. Raqib hozir eng yaxshi holatda emas, ammo katta klub. Kamida londonliklar safida Saka va Obameyang yo'q edi. Ammo o'yindan ko'rinib turdiki, jamoada oldinga o'tishga, g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kamligi sezilib turdi”, dedi Skoulz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar