Pol Ins: "Pul futbolni o'zgartirib yubordi"
09 iyu 2023 16:12
Yangiliklar
Pol Ins: "Pul futbolni o'zgartirib yubordi"
"Masalan, Krishtianu Ronaldu kabi futbolchilar haqida gap ketganda, tushunsa bo'lardi. U faoliyatini yakunlashga yaqin, katta maosh evaziga Saudiya Arabistoni chempionati statusini ko'taradi. Buni tushunaman.
Biroq gap faoliyatining eng cho'qqisiga chiqayotgan Ruben Nevesh haqida ketsa, bunga achinarli holat sifatida qarayman. Futbol o'zgarmoqda, buni pullar o'zgartirmoqda. Men o'z vaqtida sovrinlar yutishni, Angliya Kubogi finalida o'ynashni, ECHL madhiyasi sadolari ostida maydonga tushishni istaganman.
Bu 6-7 yil oldin Xitoy bilan bo'lgan holatni eslatadi. Oskar o'sha erga ketganidan keyin Xalk ham pullarni xohlab Xitoy jamoasiga o'tgandi. Hozir esa Xitoyda hech kim qolmadi. Ammo Saudiya Arabistoni bilan shunday holat bo'lishi mumkinmi? Menimcha yo'q. Ularda pullar juda ko'p.
Ularni kuzatib borishga majbur bo'lib qoldik. Premer-liga - dunyoning eng yirik brendi. Biz boshqalar shunchaki osonlik bilan futbolchilarning sotib yuborilishiga qarshilik qilishimiz kerak. CHunki sport doimo maqsadli bo'lib kelgan", - dedi Ins.
Fikrlar