Pogbaga jamoadoshlari hujum qildi (VIDEO)
07 may 2018 14:13
Yangiliklar


Pogbaga jamoadoshlari hujum qildi (VIDEO)
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning akasi, "Genchlerbirligi" himoyachisi Florentin Pogba "Antalyaspor"ga qarshi bahsda (0:1) jamoadoshlari bilan janjallashdi.
Malumotlarga ko'ra, "Genchlerbirligi" uchta o'zgarishni amalga oshirib bo'lganidan so'ng, jarohat olgan Florentina Pogba maydonni tark etishga qaror qildi. O'sha paytda jamoa 0:1 hisobida yutqazayotgan edi va Pogbaning jamoadoshlari uning harakatidan norozi bo'lishdi. Franciyalik futbolkasini echib, maydonni tark etishi bilan uning bazi jamoadoshlari futbolchini qaytarishga urinishdi. O'yindan so'ng kelishmovchilik kiyinish xonasida davom etdi va u erda bir necha futbolchi Florentinga hujum qildi.
"Genchlerbirligi" mag'lubiyatdan so'ng, Superligada jon saqlab qolish imkoniyatidan deyarli ayrildi.
Turkiya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.
TAS-IX
O’xshash yangiliklar

Fikrlar