Pogba qachon maydonga qaytadi?
20 fev 2020 11:50
Yangiliklar
Pogba qachon maydonga qaytadi?
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher yarim himoyachi Pol Pogbaning qachon to'liq tiklanishini bilmasligini aytdi.
Franciyalik futbolchi dekabr oxiridan beri maydonga tushmadi. Hozirgi paytda u jarrohlik amaliyotidan so'ng, individual tiklanish kursini o'tamoqda.
"Pol hali jamoaviy mashg'ulotlarda qatnashmadi. Bu uning o'ziga, o'yinga tayyorligini his qilganiga bog'liq", - dedi Sulsher.
Pogba turli xil jarohatlar tufayli joriy mavsum "Manchester Yunayted" uchun barcha turnirlarda atigi 8ta o'yin o'tkazdi.
Avvalroq, bazi manbalar, shu jumladan, futbolchining agenti Mino Rayola va uning akasi Mate mavsum oxirida ukasi hozirgi klubini o'zgartirishi mumkinligini tan oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar