Pogba 3 yilga qamaldi
19 dek 21:24
Yangiliklar
Eslatib o'tamiz, Matias Pogba ukasi Polni o'g'irlab ketgan va uni qo'yib yuborish uchun 13 mln evro talab qilgan. 26 noyabr kuni ushbu ish yuzasidan sud jarayoni o'tkazilgan.
Prokuratura Matia Pogbani 3 yilga (2 yili qattiq rejim asosida) ozodlikdan mahrum qilish jazosini uy hibsida ushlash yoki elektron braslet taqib yurish bilan almashtirish variantlarini tavsiya qildi.
"RMC Sport" malumotiga ko'ra, Matia Pogba 3 yilga qattiq rejim asosida ozodlikdan mahrum qilingan va jazoni koloniyalarda o'tkazishi belgilangan. SHuningdek, u 20 ming evro miqdorida jarima to'laydi.
Qolgan 5 nafar sudlanuvchi esa 1-8 yillik qamoq jazolarini oldi va 20dan 40 ming evrogacha jarimaga tortildi. SHuningdek, qamoqdan chiqqan paytidan boshlab 10 yil davomida qurol olib yurish huquqidan mahrum qilindi.
Fikrlar