Pochettino: "Turli xil gaplar eshitmoqdaman, ammo boshqa klubda nima bo'layotganini bilish mening ishim emas"
18 dek 2018 22:15
Yangiliklar
Pochettino: "Turli xil gaplar eshitmoqdaman, ammo boshqa klubda nima bo'layotganini bilish mening ishim emas"
"Tottenhem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino MYUga o'tishi borasidagi mish-mishlar haqida fikr bildirdi.
"Bu kabi savollarga javob bera olmayman. SHu kabi mish-mishlar futbolda uchrab turadi. Asosiy etiborim, "Tottenhem"dagi ishlarimni maksimal darajada bajarishga qaratilgan.
Mourinyuga eng yaxshi tilaklarimni etkazmoqchiman. Uni anchadan beri bilaman va aloqalarimiz durust. U juda yaxshi do'st. Bugun kayfiyatni tushirib yuboradigan xabarni eshitdik", - deya fikr bildirdi argentinalik murabbiy.
Fikrlar