Pochettino PSJdagi debyut g'alabasi haqida gapirdi
10 jan 2021 07:53
Yangiliklar


Pochettino PSJdagi debyut g'alabasi haqida gapirdi
PSJning argentinalik ustozi Maurisio Pochettino jamoa bosh murabbiyi sifatida ilk rasmiy o'yini – Franciya chempionati 19-turidan o'rin olgan “Brest”ga (3:0) qarshi bellashuvdan keyin o'z mulohazalarini bildirib o'tdi.
“Hisobdan mamnunman, bu futbolchilarimizning mehnatlari samarasi bo'ldi. Ammo biz ayrim jihatlarimizni yaxshilashimiz lozim. Mbappe yaxshi o'yin o'tkazdi. Unda gol urish uchun yaxshi imkoniyatlar bo'lsada, afsuski, maydonni golsiz tark etdi. Haqiqatan ham uning o'yinini kuzatish zavqli.
“Marsel”ga qarshi bahs? O'ylaymanki, bu bellashuvda ham o'zimizga xos o'yin ko'rsatib, turnir jadvalidagi holatimizni yaxshilab olamiz. Albatta, har safar “Marsel” bilan o'ynarkansan, biz bu qarama qarshilikda g'olib chiqishga majburmiz”, deya Pochettinoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Goal” nashri “Canal+”ga tayanib.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar