Pochettino PSJ uchun birinchi transfer maqsadni aniqlab oldi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2020, 23:55
PSJ "Yuventus"dan hujumchi Paulo Dibalani sotib olishi mumkin, deb xabar berdi Calciomercato.

Nashrning takidlashicha, argentinalik futbolchining transferi – bu parijliklarning bo'lajak bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning birinchi istagi.

27 yoshli Dibalaning transfer qiymati 80 million evroga baholanmoqda.

Payshanba kuni OAV Tomas Tuxelning PSJdan chetlatilgani haqida yozdi, ammo klub haligacha iste'foni rasman tasdiqlamadi. Xabarlarga ko'ra, Pochettino nemisning o'rnini egallaydi va uch yillik shartnomaga imzo chekadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato