Pochettino PSJ bilan o'yinlarning 16,7%da mag'lub bo'ldi. Bu borada u "eng yaxshilardan" biri
10 mar 2022 11:42
Yangiliklar


Pochettino PSJ bilan o'yinlarning 16,7%da mag'lub bo'ldi. Bu borada u "eng yaxshilardan" biri
Tunda PSJ Madridda ECHL 1/8 finali javob bellashuvi doirasida "Real"ga imkoniyatni boy berdi (1:3) va musobaqani tark etdi.
Maurisio Pochettino PSJ bosh murabbiyi sifatida o'tkazgan o'yinlarning 16,7%da – 72 tadan 12 tasida imkoniyatni boy bergan.
Qatarlik sarmoyadorlar kelganidan buyon faqatgina Antuan Kombuare bosh murabbiy sifatida bundan yomonroq natija qayd etgan – 21,4%.
Eslatib o'tamiz, PSJ 2011/12-yilgi mavsumda "Qatar Sports Investments" nomli Qatar fondi tomonidan sotib olingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar