Pochettino: "Hamma "Ayaks"ni finalga chiqarib qo'ymoqda, lekin siz buni ko'rishingiz kerak"
08 may 2019 20:55
Yangiliklar


Pochettino: "Hamma "Ayaks"ni finalga chiqarib qo'ymoqda, lekin siz buni ko'rishingiz kerak"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ECHL yarim finali javob uchrashuvida o'tkazildaigan "Ayaks"ga qarshi o'yin oldidan jamoasining finalga chiqish imkoniyatlari haqida so'z yuritdi.
"Fikrimcha, finalga chiqish masalasi hali ham ochiq. Hamma "Ayaks"ni finalga chiqarib qo'ymoqda, lekin avval buni ko'rishingiz kerak. Biz o'zimizga ishonamiz. Ular uchun ustunlikni ushlab turish yangi holat. Biz esa allaqachon bunday tajribaga egamiz. Har kim bizni safdan chiqarib yozmoqda, ammo bitta gol ko'p narsani o'zgartirib yuboradi. "Manchester Siti"ga safarda 3ta gol urganimizni o'ylasak, bu unchalik qiyin bo'lmaydi", - deydi Pochettino.
"Yoxan Kroyff" arenada o'tkaziladigan "Ayaks" - "Tottenxem" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan bugun 23:55da boshlanadi. Dastlabki o'yinda Gollandiya klubi 1:0 hisobida zafar quchgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar