Pochettino: "Bazida raqibning g'alabasini tinglash yaxshi foyda beradi"

Aslanov Jasurbek
16 dek 2017, 14:48
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino raqib jamoa g'alaba nishonlashiga qanday munosabatda ekanligini aytdi.

"Manchester Yunayted" hamda "Manchester Siti" o'rtasidagi Premer-liganing 16-tur uchrashuvidan (1:2) so'ng, ikki jamoa futbolchilari o'rtasida janjal kelib chiqdi. Ma'lum bo'lishicha, Joze Mourinyo raqib jamoa g'alabani nishonlashidan g'azablangan.

Manchester derbisidan so'ng mushtlashuv. Aslida nima bo'lgan edi? (+FOTO)

"Raqib jamoa g'alabani nishonlasa, etiroz bildirmayman, chunki bazida raqibning g'alabasini tinglash yaxshi foyda beradi. Og'riqni his qilish kerak.

G'alaba qozongan bahslarimizda futbolchilar musiqaning ovozini baland qilib qo'yishardi. Bu normal holat. Agar mag'lub bo'lsangiz, bunday qilmaysiz. O'yindan oldin ikki jamoa kiyinish xonasida baland ovozda musiqa bo'ladi, ammo faqat bir jamoa g'alabaga erishadi" - deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian