Plyaj futboli: O'zbekiston Osiyo O'yinlari 2-turida Bahraynni mag'lub etdi
17 noy 2014 13:28
Yangiliklar


Plyaj futboli: O'zbekiston Osiyo O'yinlari 2-turida Bahraynni mag'lub etdi
15 noyabr kuni Tailandning Pxuket shahrida plyaj sport turlari bo'yicha Osiyo O'yinlariga start berildi. Osiyo O'yinlarining plyaj futboli musobaqasida ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi S guruhi 2-tur o'yinida Bahrayn terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va gollarga boy bo'lgan uchrashuvda 4:3 hisobida g'alaba qozondi. O'zbekiston terma jamoasi azosi Toxir Abdurazzoqov uchrashuvda dublga erishgan bo'lsa, yana bir golga Jamoliddin SHaripov mualliflik qildi. O'zbekiston terma jamoasining yana bir goli Bahraynlik futbolchiga avtogol sifatida yozildi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi guruhdagi 1-tur o'yinida 15 noyabr kuni Xitoy terma jamoasiga 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi.
Ahad Yusupov bosh murabbiyligidagi plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi chorak finald D guruhi jamoalaridan biriga qarshi bahs olib boradi. Malumot o'rnida D guruhida Yaponiya, BAA va Malayziya terma jamoalari bahs olib borishmoqda.
Osiyo O'yinlari. Plyaj futboli. Erkaklar. C guruhi. 2-tur.
O'zbekiston - Bahrayn 4:3
Gollar: Al Dosari (26 avtogol), Tohir Adburazzoqov (32, 33), Jamoliddin SHaripov (36) - Al Dosari (3), Al Abdulla (22), Al Mugavi (35)

Fikrlar