Plyaj futboli: Osiyo CHempionati final bosqichiga qura tashlandi
19 fev 2015 10:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/162694_original.jpg)
![](/upload/storage/162694_220.jpg)
Plyaj futboli: Osiyo CHempionati final bosqichiga qura tashlandi
Unga ko'ra, plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi musobaqaning C guruhida BAA, Falastin hamda Iroq terma jamoalari bilan bahs olib boradi. Musobaqaning 1-turida Ahad Yusupov bosh murabbiyligidagi terma jamoa 23 mart kuni Falastinga qarshi bahs olib borsa, 2-turda 24 mart kuni BAA terma jamoasi bilan o'ynaydi. Guruhning 3-tur o'yini 25 mart kuni Iroq terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.
Musobaqa reglamentiga ko'ra har bir guruhdan ikkitadan jamoa pley-off bosqichiga yo'l oladi.
Takidlash lozim, mazkur Osiyo CHempionati shu yili yozda Portugaliyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati final bosqichiga saralash vazifasini ham o'taydi. Qatardagi musobaqada kuchli uchlikdan o'rin egallagan terma jamoalar Portugaliyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Plyaj futboli bo'yicha Osiyo CHempionati-2015.
23-28 mart. Doxa, Qatar.
A guruhi
Qatar
Ummon
Bahrayn
Laos
B guruhi
Yaponiya
Xitoy
Vetnam
Kuvayt
C guruhi
BAA
Falastin
O'zbekiston
Iroq
D guruhi
Eron
Tailand
Livan
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar