So’nggi yangiliklar

21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  0 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  0 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  42 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  7 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0

Plyaj futboli: Baxtiyor Namozov Qitalararo Kubok yarim final bahsida hakamlik qiladi Yangiliklar

Plyaj futboli: Baxtiyor Namozov Qitalararo Kubok yarim final bahsida hakamlik qiladi

BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tayotgan plyaj futboli bo'yicha Qitalararo Kubok musobaqalarida bugun yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Etiborlisi, qitaning eng kuchli terma jamoalari ishtirokidagi mazkur musobaqada plyaj futboli bo'yicha o'zbekistonlik FIFA referisi Baxtiyor Namozov hakamlik qilmoqda.

O'zbekistonlik hakam bugun Portugaliya hamda Braziliya terma jamoalari o'rtasidagi yarim final bahsida bosh hakam vazifasini bajaradi. Ikkinchi yarim final bahsida Eron va Rossiya terma jamoalari o'zaro kuchi sinashadilar. Musobaqaning final uchrashuvi esa 8 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Malumot o'rnida, Baxtiyor Namozov ushbu musobaqada bungacha guruh bosqichida Eron - Portugaliya (bosh hakam) va Yaponiya - Rossiya (zaxira hakami) uchrashuvlarida hakamlik qildi.

Barcha qitaning eng kuchli terma jamoalari ishtirokida har yili ananaviy tarzda o'tkaziladigan mazkur turnirga bu yili BAAning Dubay shahri mezbonlik qilmoqda. Bu yilgi turnirda barcha qitalarning eng kuchli terma jamoalari sanalgan jami 8ta terma jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi - Rossiya (jahon va evropa chempioni), Portugaliya (evropa vice-chempioni), Braziliya (jahon vice-chempioni, Konmebol chempioni), AQSH (Konkakaf chempioni), Marokash (Afrika chempioni), Eron (Osiyo CHempioni), Yaponiya (Osiyo vice-chempioni) va BAA (mezbon).

Eslatib o'tamiz, Baxtiyor Namozov plyaj futboli bo'yicha o'zbekistonlik yagona FIFA referisi hisoblanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика