So’nggi yangiliklar

17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  1 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  5 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  13 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  10 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11

Plyaj futboli: O'zbekiston Kubogida 12 ta jamoa ishtirok etadi Yangiliklar

Plyaj futboli: O'zbekiston Kubogida 12 ta jamoa ishtirok etadi

Teglar :  Plyaj futboli
Mamlakatimizda besh-olti yillik tanaffusdan keyin yana plyaj futboli bo'yicha rasmiy musobaqa start olayotganligi haqida xabar berganmiz.

Ertaga Qarshi shahridagi mamlakatimizda Respublika doirasida musobaqa o'tkazish talabini beruvchi yagona plyaj maydonida boshlanadigan O'zbekiston Kubogi o'yinlariga bugun qura tashlash marosimi o'tkazildi.

16-21 iyul kunlariga belgilangan, Qarshidagi “Geolog” sport majmuasi hududidagi plyaj maydonida bo'lib o'tadigan musobaqada 12 ta jamoa ishtirok etadigan bo'ldi. O'zbekiston Professional futbol ligasining etakchi mutaxassislari A.Fayziev va O.Yunusov, Qashqadaryo viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti N.Daminov ishtirokida o'tgan qura tashlash marosimidan keyin jamoalar uchta jamoadan to'rt guruhga bo'lindi. Bular:
 
“A” guruhi – “Kasbi” (Kasbi tumani, “Mashal” klubi qoshidagi futbol maktabi murabbiylari, bosh murabbiyi Otajon Aliqulov), “Lokomotiv” (Qarshidagi shu nomdagi sport klubi, Bahrom Usmonov), “Binokor” (Qashqadaryo birinchiligi ishtirokchisi, Arslon SHaropov).

“V” guruhi – “Qarshi” (“Binokor-2” jamoasi), “Po'lati” (Koson tumanidagi “Bunyodkor” professional sport klubi, Navro'z Bekmurodov), “Kogon” (Buxoro viloyati Kogon shahridagi professional futzal jamoasi, Fuzuliy Xayrullaev).

“S” guruhi – “Nishon” (Superligadagi “Nasaf” klubi qoshidagi futbol maktabi murabbiylari, SHerali Madalov), “Koson” (viloyat birinchiligi ishtirokchisi, Rustam Tog'aev), “Samarqand” (Samarqand viloyat birinchiligida ishtirok etayotgan jamoalar murabbiylari terma jamoasi, Dilshod Haydarqulov).

“D” guruhi – “Mashal” (Pro-ligadagi “Mashal” futbol akademiyasi murabbiylari, Dilshod Andaev), “Nasaf” (Superligadagi “Nasaf” futbol akademiyasi murabbiylari, Ilyos Pardaev), “Adolat” (Qashqadaryo viloyat xavfsizlik xizmati xodimlari).
 
Uchrashuvlar taqvimi:
17 iyul
“Kasbi” – “Binokor”
“Qarshi” – “Kogon”
“Nishon” – “Samarqand”
“Mashal” – “Adolat”

18 iyul
“Lokomotiv” – “Binokor”
“Po'lati” – “Kogon”
“Koson” –“Samarqand”
“Nasaf” – “Adolat”
“Kasbi” – “Lokomotiv”
“Qarshi” – “Po'lati”
“Nishon” – “Koson”
“Mashal” – “Samarqand”

19 iyul
CHorak final
 
20 iyul
Yarim final

21 iyul
Final.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика