So’nggi yangiliklar

12:39"Реал" Браим Диаснинг келажаги борасида бир қарорга келди  0 12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  0 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  5 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  1 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  1 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  17 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0

Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi jahon reytingida 47-o'rinda qayd etildi Yangiliklar

Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi jahon reytingida 47-o'rinda qayd etildi

Teglar :  Plyaj futboli
Plyaj futboli bo'yicha mamlakat terma jamoalarining yangi reytingi elon qilindi. Unga ko'ra, plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi dekabr oyi reytingida 47-o'rinda qayd etildi.

Ayni damda terma jamoa hisobida 203 ochko mavjud. O'zbekiston termasi noyabr oyi reytingida 46-pog'onadan joy olgandi. Osiyo qitasi terma jamoalari orasida O'zbekiston hamon 10-o'rinni egallab turibdi.

Osiyo futbol konfederaciyasi (OFK)ga azo mamlakatlar reytingida Eron termasi 1785 ochko bilan etakchilik qilayotgan bo'lsa, Yaponiya (1267) va Ummon (1037) kuchli uchlikdan joy oldi. 

OFKga azo mamlakatlar reytingining kuchli o'nligi quyidagicha ko'rinish olgan:

1 (5). Eron – 1785 ochko

2 (8). Yaponiya – 1267 ochko

3 (10). Ummon – 1037 ochko

4 (14). BAA – 881 ochko

5 (19). Livan – 604 ochko

6 (35). Xitoy – 370 ochko

7 (36). Tailand – 369 ochko

8 (41). Vetnam – 308 ochko

9 (45). Bahrayn – 219 ochko

10 (47). O'zbekiston – 203 ochko

Plyaj futbol bo'yicha jahon reytingini 3500 ochko bilan Portugaliya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ikkinchi pog'ona Rossiya (3204) terma jamoasiga tegishli bo'lsa, Braziliya (2525) termasi kuchli uchlikni yakunlagan.

Malumot uchun, mazkur reytingni tuzishda terma jamoalarning 2012 yil dekabr oyida 2016 yil noyabr oyiga qadar qayd etgan natijalari hisobga olingan.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика