So’nggi yangiliklar

11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  0 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  1 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  1 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  2 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  11 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  6 03:13А Серия. "Милан" сўнгги ўйинда "Монца"ни қийинчиликсиз таслим этди, жамоа кейинги мавсум еврокубокларда иштирок этмайди  1 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  5 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1

Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi BAAni mag'lub etdi Yangiliklar

Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi BAAni mag'lub etdi

Teglar :  Plyaj futboli
Ayni kunlarda Vetnamning Danang shahrida plyaj sport turlari bo'yicha navbatdagi Osiyo o'yinlari davom etmoqda.

Mazkur musobaqada ishtirok etayotgan plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bugun o'zining ilk uchrashuvida BAA terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Gollarga boy va qiziqarli o'yinda jamoalar asosiy vaqtda 3:3 hisobida durang o'ynashdi. O'yindan keyingi penaltilar seriyasida esa, O'zbekiston terma jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda Jamoliddin SHaripov ikkita gol kiritgan bo'lsa, terma jamoaning yana bir goliga Feruz Faxriddinov mualliflik qildi.

SHu tariqa, Ahad Yusupov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi guruhda muddatidan oldin birinchi o'rinni qo'lga kiritdi va keyingi bosqichiga yo'l oldi. Boisi, guruhning yana bir vakili Falastin terma jamoasi musobaqada ishtirok etmagan va O'zbekiston hamda BAA terma jamoalari chorak finalga yo'llanma olishdi.

O'zbekiston terma jamoasi keyingi bosqichda turnirning D guruhida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritigan Afg'oniston terma jamoasiga qarshi o'ynaydi. Mazkur o'yin 29 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

Malumot uchun, musobaqaning A guruhida Vetnam, Laos, Tailand jamoalari o'rin olgan bo'lishsa, B guruhida Ummon, Qatar hamda Livan terma jamoalari o'rin egallashgan. Turnirning so'nggi D guruhidan esa, Yaponiya, Xitoy hamda Afg'oniston terma jamoalari o'rin olgan.

Plyaj sport turlari bo'yicha Osiyo O'yinlari.
Plyaj futboli.
“C” guruhi.

O'zbekiston – BAA 3:3 (penaltilar seriyasida 2:0).
Gollar:
Jamoliddin SHaripov (2ta), Feruz Fahriddinov.

Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining Osiyo o'yinlarida ishtirok etayotgan tarkibi:

Darvozabonlar:
Akmal Hazratqulov
Ravshan Eliboev
Alisher Ibragimov

Maydondagi o'yinchilar:
Furqat Azizov
Farhod Mirahmedov
Jamoliddin SHaripov
Zayniddin Tojiev
Sarvar SHoahmedov
Feruz Fahriddinov
Andrey SHlema.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика