So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  22 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

Piter Xyuistra: "Qatarda ko'proq o'yin o'tkazishni xohlaymiz" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Qatarda ko'proq o'yin o'tkazishni xohlaymiz"

OCHL G'arb mintaqasida nimchorak final bellashuvlariga start berildi.

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi 1/8 finalda Eronning "Istiqlol" klubi ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Pakhtakor Tashkent

Dragan Ceran - 43', Eren Derdiyok - 47'

AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur

26/09/2020, 23:45

1
:
2
Tugadi

Esteghlal

Ali Karimi - 32'

45'
90'
5'  Yegor Krimets
43'  Dragan Ceran
43'  Khoziakbar Alidzhanov
47'  Eren Derdiyok
47'  Dostonbek Khamdamov
73'  Eren Derdiyok (Igor Sergeev)
73'  Dostonbek Khamdamov (Javokhir Sidikov)
84'  Eldorbek Suyunov
84'  Sardor Sabirkhodjaev (Vladimir Kozak)
89'  Farrukh Sayfiev
90'  Farrukh Sayfiev (Sherzod Azamov)
90'  Khoziakbar Alidzhanov (Abrorbek Ismoilov)
4'  Arsalan Motahari
32'  Ali Karimi
53'  Arsalan Motahari (Arash Rezavand)
68'  Farshid Esmaeili (Zakaria Moradi)
74'  Mohammad Daneshgar
77'  Arash Rezavand
79'  Masoud Rigi (Farshid Bagheri)
87'  Milad Zakipour
90'  Mehdi Ghayedi

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida "sherlar" yordamchi murabbiyi Piter Xyuistra quyidagi fikrlarni aytib o'tdi.

P.Xyuistra: "Bugungi g'alabadan juda ham xursandmiz. Biz buni xohlagandik va bunga erishdik. Birinchi bo'lib gol qo'yib yubordik, bu bizni biroz qiynab qo'ydi. Lekin, keyinchalik to'p kiritib vaziyatni o'nglashni uddaladik va kambekka erishdik. Endi keyingi uchrashuvga tayyorlanishimiz kerak. O'z mintaqamizning eng kuchli 4 jamoasi safiga kirdik va chorak finalga chiqdik. Buni "Paxtakor" uchun ham, o'zbek futboli uchun ham katta muvaffaqiyat deb o'ylayman".


- Gol o'tkazib yuborilgandan keyin 5-6 daqiqa davomida jamoa o'yinini yo'qotib qo'ygandek bo'ldi. Goldan keyingi bunday reakciyaga nima sabab bo'ldi?

P.Xyuistra: - Buni bilmadim. Lekin, bugun "Istiqlol" aynan bizga qarshi boshqa o'yinlardan ko'ra agressivroq o'ynadi. Bu maydonda ko'rindi, shu bilan birga ular juda yaxshi o'ynashganini ham aytib o'tmoqchiman. Uchrashuvga kirishib ketishimizga 10-15 daqiqa kerak bo'ldi, chunki "Istiqlol" tajovuzkor o'yini bilan bizga qarshilik qilishga, qiyinchilik tug'dirishga urindi. Ularning oxirigacha kurashishganini etirof etib o'tmoqchiman. Bizda ham xatolar bo'ldi, ayrim vaziyatlarda hisobni kattalashtirish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi, ammo bizga chiroyli yakun etishmadi. Oldindagi 4 kundan foydalanib keyingi bellashuvga yaxshiroq tayyorlanishga harakat qilamiz. O'ylashimcha, biz bugungidan ham yaxshiroq o'ynay olamiz. Bunga majburmiz, chunki oxirgi 4 jamoa orasida qoldik va qolgan uchrashuvlar yanada qiyinroq bo'ladi. Aynan shu sabab ham o'yinimizni yanada yaxshilashimiz zarur. O'z oldimizga qo'ygan maqsad sari asta-sekin boryapmiz, Qatarda ko'proq o'yin o'tkazishni xohlaymiz.

- Bugun Eldor Suyunovning bazi vaziyatlardagi ishonchsiz o'yini maydondagi futbolchilarga tasir qilmadimi? Unga bugun nima bo'ldi yoki kechqurun yaxshi uhlamaganmidi?

P.Xyuistra: - Menimcha, bugun o'yin davomida Suyunovdan ko'ra murabbiylar ko'proq asabiyroq bo'lishdi deb o'ylayman. To'g'ri, jarima zarbasida Eldor o'zini yaxshi ko'rsata olmagandir. Lekin, undan oldin 7-raqamdagi o'yinchi (Diabate) u bilan birga-bir chiqqanida katta seyvni amalga oshirdi va jamoamizni qutqarib qoldi. Bundan tashqari, bir necha bor to'p jarima maydonchamizga havodan oshirib berilganida ishonchli o'ynadi va raqib hujumlarini yo'qqa chiqardi. Eng muhimi bizning keyingi bosqichga o'tganimiz.

- "Paxtakor" bugun ustunlik qilganini aytib o'tdingiz. Haqiqatdan ham shunday bo'ldi va jamoa keyingi uchrashuvlarda ham bugungidek jismoniy tetikligini saqlab qoladi deb o'ylaysizmi?

P.Xyuistra: - Ha, biz aynan shuning uchun harakat qilib kelyapmiz. Buning ustida deyarli 3 yildan beri ishlab kelamiz. Futbolchilar jismoniy taraflama juda yaxshi holatda. Oldimizdagi 4 kundan foydalanib tezroq tiklanish va keyingi o'yinga yanada yaxshiroq holatda bo'lishlari uchun tayyorgarlik ko'ramiz. Bu tarafdan albatta ishlashda davom etishimiz shart, lekin o'yinchilarning holatidan qo'rqmaymiz, ular jismonan yaxshi formada.


Matbuot anjumanida Piter Xyuistraga uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan Dragan CHeran hamrohlik qildi. Uning fikrlarini keyinroq o'qiysiz.


Tolibjon Qosimov

Doha, Qatar

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика