So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  3 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  7 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Piter Xyuistra: "Mavsumdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Mavsumdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik"

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra fikrlarini bildirib o'tdi.

"Havo harorati pastlagani sababli har ikki jamoa futbolchilari harakatida tezkorlik ko'zga tashlandi. Jamoam bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi, hujumda ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. Bir necha vaziyatlar yaratdik va yirik g'alabaga erishdik. Futbolchilarimdan har tomonlama qoniqish hosil qildim. Mavsumdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan biri bo'ldi, deya olaman", – deydi Piter Xyuistra. 

- "Paxtakor" bugungi kunda raqobatchilaridan ancha o'zib ketgan. SHu bois maydonga yanada ko'proq yoshlarni tushirishni imkoni bormi?

- SHundoq ham mavsum davomida yoshlarga imkoniyat berib kelyapmiz. "Paxtakor" yosh va tajribali futbolchilarning uyg'unlashuvidan tashkil topgan jamoa hisoblanadi. Kim o'zini ko'rsatsa, asosiy tarkibga loyiq ekanligini isbotlasa, tushiramiz. 

- Bir necha kun oldin SHveciya bilan o'yinda maydonga tushgan futbolchilar bugun ham asosiy tarkibda harakat qildi. Ularda charchoq alomatlari yo'qmidi?

- Terma jamoa safidan qaytgan o'yinchilar tez tiklanishdi. SHuning uchun asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Biz doim futbolchilarning yaxshiroq holatda bo'lishiga intilamiz. Mashg'ulot va o'yinlarda o'sib, har bahsda yaxshiroq ko'rinishga urinamiz. Hali eng yaxshi darajaga chiqib ulgurmadik. SHu yo'l sari harakat qilyapmiz.

- Besh kundan so'ng Toshkentda "Navbahor" bilan o'ynaysizlar. Mazkur uchrashuv haqida fikringizni bildirsangiz...

- Ushbu bahsga qadar besh kun vaqtimiz bor. Yanada yaxshiroq o'ynash uchun harakat qilamiz. Ko'rsatayotgan o'yinimiz har doim yaxshi bo'lishi kerak. Raqib jamoa haqida biror narsa deya olmayman. Hali ularni o'rganmadik.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика