Piter Xyuistra: "Futbolchilar "Zenit" bilan bahsda yaxshi yuklama olishdi"
25 jan 2021 12:21
Yangiliklar


Piter Xyuistra: "Futbolchilar "Zenit" bilan bahsda yaxshi yuklama olishdi"
"Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra "Zenit" bilan nazorat bahasidan keyin o'yin va jamoaning tayyorgarligi xususida to'xtaldi.
"Yig'inda birinchi o'yinni Rossiya chempioni "Zenit"ga qarshi o'tkazdik. Ilk bahs bo'lgani uchun qiyin bo'ldi. Futbolchilar yaxshi ishlashdi, bir bo'limdan to'liq yuklama olishdi. Mashg'ulotlarni boshlaganimizga qisqa vaqt bo'lganini hisobga olsak, bu biz uchun yaxshi sinovga aylandi.
Dragan CHeran va Abror Ismoilovning jarohatlariga to'xtalsam, Dragan umumiy guruhga qo'shilish uchun ishlamoqda. Abror esa tizzasidan jarohat olgan, shifokor va fizioterapevt bilan ter to'kmoqda. U 1-2 haftada maydonda to'liq mashq qilishni boshlaydi. Qolgan futbolchilar sog'-salomat. Yig'inda qiyin bo'ladi. Mavsumga yaxshi holatda kirib boradigan tayyorgarlikka ega bo'lishimiz kerak",- deydi Piter Xyuistra.
O’xshash yangiliklar
14:52
"Sherlar" so'nggi soniyalarda g'alabani ilib ketgan "Paxtakor" – "Xorazm" o'yinidan GALEREYA 0

Fikrlar