So’nggi yangiliklar

20:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқ бўлди  2 19:56"Брюгге" клуби президенти: "Биргина "Барселона" футболчисининг нархи бутун жамоамизники билан тенг"  2 19:35Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон Озарбайжонга нақд 13 та гол урди!   4 19:17Суперлиганинг 27-тур учрашувларида ҳакамлик хатолари кузатилдими?  2 18:59Расман: Де Росси А Серия клубида иш бошлади  2 18:32Суарес дисквалификация қилинди  5 18:00"Барселона" Бельгияда мағлуб бўлмагани ҳам аслида бир мўъжиза  4 17:35Исмоил Акинаде: "Бутун эътибортимизни кейинги икки ўйинга қаратамиз ва плей-оффга чиқишга ҳаракат қиламиз"  2 17:04Гвардиола: "Агар яна 1-2 та ғалабага эришсак, умумий босқични кучли саккизликда якунлаймиз"  5 16:35Про лига. "ФарДУ" Нукусда қийин ғалабага эришди  1 16:22"Барселона" мухлислари автобуси ёниб кетди  0 15:46"Ливерпуль" қишда йирик трансферга қўл уради  6 15:13Про лига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 14:56Эшитдик-да! ЎФА қўмитаси "Навбаҳор"дан 3 очко олиб ташлади   26 14:34"Челси" ярим ҳимоячиси яна жароҳат олди  0

Piter Xyuistra: "Ertaga Hayit bayrami, balki homiylar bo'yicha yaxshi yangiliklar bo'lib qolar" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Ertaga Hayit bayrami, balki homiylar bo'yicha yaxshi yangiliklar bo'lib qolar"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" (3:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra o'z fikrlarini bildirdi.

"Qo'qon-1912" o'yinlarini o'rganib chiqqandik, bu jamoa xavfli raqib edi. Ular qarshi hujumlarda juda yaxshi o'ynashadi. Dastlabki 20 daqiqada qo'qonliklarda ko'p vaziyatlar bo'ldi, 25-daqiqadan keyin tashabbusni qo'lga oldik. Golni ham juda muhim paytda urib oldik. Tanaffusdan keyin ham shu tempni ushlab qoldik. OCHLdagi uchta o'yinda oldinda borib yakunda durang qayd etgandik. Bugun bunday bo'lmaganidan xursandman. O'yinchilar oxirigacha hujumkorlikni to'xtatishmadi. Ramazon oyida deyarli butun jamoa ro'za tutgani sababli jismoniy jihatdan baribir qiyinroq bo'ldi. Endi yangi davr boshlanadi va jismoniy holatimiz hamda o'yin tomonlama yanada kuchayamiz.

- Sardor Rashidovda jarohat borligini bilamiz, Aziz Turg'unboev esa ayni paytda raqobatda yutqazgani bois zaxirada qolayaptimi?

- Ha mavsumni Rashidov va Turg'unboev bilan boshlagandik. O'tgan mavsum tarkibimizda ko'plab futbolchilar bor edi. Bu yil esa 20 nafar futbolchi mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Erkinov va Holmatovga OCHLda imkoniyat berdik, ular munosib o'ynashgani uchun hozir ham maydonga tushirayapmiz. Bundan xursandman. Lekin hali mavsum uzoq davom etadi. Rashidov ham, Turg'unboev ham jamoamizning muhim azolari. Ko'plab futbolchilarimiz terma jamoada ham o'ynashi kerak. Ularni yaxshi holatda terma jamoa ixtiyoriga borishlarini ham taminlashimiz kerak.

- So'nggi paytlarda OAVda ko'plab xabarlar chiqmoqda. Jamoada homiylar o'zgardi. Bu jamoa ichki muhitiga tasir qildimi?

- Albatta futbolchilar bazida maoshlarini ololmay qolishsa bu yaxshi holat emas. Garchi moliyaviy qiyinchiliklar bo'lsa ham mashg'ulotlarda bor kuchlari bilan shug'ullanishmoqda. Bu bilan ular haqiqiy professional ekanliklarini isbotlashmoqda. Biz Superkubokni qo'lga kiritdik va Superligada peshqadamlik qilayapmiz, demak barchasi joyida ekanini ko'rish mumkin. Ertaga Hayit bayrami, balki homiylar bo'yicha yaxshi yangiliklar bo'lib qolar. Bundan tashqari Jaloliddin Masharipovning transfer pullarini ham kutayapmiz. Aynan shunga umid qilayapmiz.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика