Pirlo Yuventus bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytiradi
15 noy 2013 11:37
Yangiliklar


Pirlo Yuventus bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytiradi
“Yuventus” klubi va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Andrea Pirlo, turinliklar bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport.
34 yoshli futbolchi klub bilan 2016 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashi mumkin. Yangi shartnomaga binoan Pirlo yiliga 3.5 million evro maosh oladi.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda Pirlo 11 o'yinga maydonga tushib, uchta gol urishga erishgan.

Fikrlar