Pirlo "Jenoa"ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?
14 jan 2021 08:32
Yangiliklar


Pirlo "Jenoa"ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo Italiya kubogi doirasida "Jenoa"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz o'zimizni qiyin ahvolga solib qo'ydik. Birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkazdik, keyin esa sustlashdik.
Vaziyatni nazorat qilishda ustunlik qilishimiz kerak edi. Italiya kubogi - bizning maqsadimiz. SHuning uchun ham, g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqish muhim edi.
Maydonda bunday darajadagi o'yinlarda o'ynayotgan ko'plab yosh futbolchilar bor edi. Bunday holatda esa har qanday xatolar ro'y berishi mumkin", - dedi Pirlo.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar