Pirlo: "Birinchi mavsumimda "Milan"dan ortda qolayotgandik, ammo sovrin yutgandik"
28 jan 2021 08:50
Yangiliklar


Pirlo: "Birinchi mavsumimda "Milan"dan ortda qolayotgandik, ammo sovrin yutgandik"
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo Italiya kubogi doirasida SPALga qarshi o'yindan so'ng (4:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish edi va biz chempionatda yaxshi o'yin ko'rsatayotgan jamoaga qarshi muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatdik. To'g'ri yondoshuv evaziga oson o'yin ko'rsata oldik.
Mavsum boshidan buyon biz har uch kunda o'ynayapmiz va bunga ko'nikib bo'ldik. Endi "Sampdoriya"ga qarshi o'yinda etibor qaratishimiz lozim, bu muhim.
"Yuventus"ga kelganimda biz mavsum davomida "Milan"dan ortda qolib kelayotgandik, yakunda esa chempion bo'ldik. Barchasi o'zimizga bog'liq. Italiya kubogini qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz. Endi "Inter" bilan yarim final o'yiniga tayyorlanamiz", - dedi Pirlo.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar