Pioli: "Umid qilamanki, bu Zlatanning "San-Siro"dagi oxirgi o'yini bo'lmaydi"
14 may 2022 22:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/700699_original.jpg)
![](/upload/storage/700699_220.jpg)
Pioli: "Umid qilamanki, bu Zlatanning "San-Siro"dagi oxirgi o'yini bo'lmaydi"
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoa hujumchisi Zlatan Ibragimovichning klubdagi kelajagi haqida gapirdi.
- Zlatan ertangi o'yinda "so'nggi raqs"ni ijro etadimi?
- Menimcha unday bo'lmaydi. Hali yana bir o'yin bor. Umid qilamanki, bu Zlatanning "San-Siro"dagi so'nggi bahsi bo'lmaydi. U aqlbovar qilmas chempion. Uni qattiq hurmat qilaman. Zlatan etarlicha aqlli va doimo o'zi uchun kerakli qarorlarni qabul qila oladi, - dedi Pioli.
Zlatanning "Milan" bilan shartnomasi iyunda yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar