Pioli 2:5dan so'ng: "Biz uchun CHLga chiqish skudettoni yutishdek bo'ladi"
29 jan 2023 21:45
Yangiliklar
Pioli 2:5dan so'ng: "Biz uchun CHLga chiqish skudettoni yutishdek bo'ladi"
"Xafsalam pir bo'lyapti. So'nggi vaqtlarda o'yinlar juda og'ir o'tyapti va bu meni yangi yo'llar izlashga majbur qilmoqda. Biz uchun CHLga chiqish skudettoni yutishdek bo'ladi. Maqsadimiz shu.
"Milan" sakkiz oldingi mayli, hatto uch hafta oldingi o'ziga o'xshamayapti. "Roma"ni mag'lub eta olmaganimizdan so'ng o'z o'yinimizni ko'rsata olmayapmiz. "SHapaloqlar"dan xulosa chiqarmay qo'ydik. Lekin bizda CHempionlar ligasiga chiqish imkoniyati bor.
Kelasi hafta bizni derbi kutib turibdi. O'sha bahs orqali yoqimsiz vaziyatdan chiqishga urinib ko'ramiz.
Jamoa ichida atmosfera yaxshi, ammo maydonda sodir bo'ladigan qiyinchiliklarga reakciya qilmay qo'ydik. Uch hafta avval ish bergan narsalar hozir foyda bermayapti. Taktikaga o'zgartirishlar kiritaman" - deydi Pioli.
Fikrlar