"Al Nassr"ga yangi murabbiy tayinlanadi. Ronaldu Piolini siqib chiqardi
12 apr 11:58
Yangiliklar


"Al Nassr"ga yangi murabbiy tayinlanadi. Ronaldu Piolini siqib chiqardi
"Milan"ning sobiq ustozi Stefano Pioli mavsum yakunida "Al Nassr"ni tark etishi malum bo'ldi.
Italiyalik mutaxassis jamoaning yulduz futbolchisi Krishtianu Ronaldu bilan ziddiyatga borgan. Buning ustiga "Al Nassr" undan kutilgan natijani ko'rsatmayapti.
Takidlanishicha, Pioli A Seriyaga qaytadi va yozda "Roma"ni boshqaradi.
Norasmiy malumotlarga ko'ra, Pioli "Al Nassr" bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha yiliga 12 million evro maosh oladi. Uning shartnomasida kelishuv joriy yilning iyun oyida muddatidan oldin bekor qilinishi mumkinligi haqida band bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
MYuga qaytib avvaliga Sulsherni, keyin Rangnikni haydatgandi. Al-Nasrga o'tganida Rudi Garsiyani, keyin yana bir ismi noma'lum murabbiyni, uning ortidan mana Piolini ham haydatdi. Termasida Portugaliyaga Yevro-2016 va Nations League ni yutib bergan Santushni haydatdi. Lekin, baribir natijaga erisholmadi.