Pike: "Messini to'xtatib qolishning iloji yo'q"
07 may 2015 12:12
Yangiliklar


Pike: "Messini to'xtatib qolishning iloji yo'q"
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike "Bavariya"ga qarshi CHempionlar ligasi yarim final birinchi o'yinidan (3:0) so'ng, uchrashuvda dubl qayd etgan Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
Messini to'xtatib qolishning iloji yo'q. U ikkita fantastik gol urdi, ayniqsa ikkinchisi. Leo bizning jamoamizda o'ynashi bu omad. Myunxenga gol urish va g'alaba qozonish maqsadida boramiz. Bu "Barsa"ning qo'lidan keladigan yagona narsa" - deydi Pike.

Fikrlar